Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Alvaro Morata: «Endi «Real»ga qaytmayman»

Nihoyat, «Real» «changali»dan qutulgan hujumchi Alvaro Morata AS nashriga qisqacha intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

Nihoyat, «Real» «changali»dan qutulgan hujumchi Alvaro Morata Los-Anjeles - London aviareysi orqali «Chelsi» ixtiyoriga yo'l olish arafasida AS nashriga qisqacha intervyu berib, «Qirollik klubi»dagi faoliyati va yangi jamoasi xususida fikr yuritdi.

Alohida ta'kidlash kerak, londonliklar Morata transferi uchun 80 mln. evro sarflab, u bilan birdaniga 5 yillik shartnomani rasmiylashtirdilar. Ispan yigiti Londonda yiliga 9 mln. evro miqdorida maosh oladi.

O'z transferi xususida

- Joriy yoz fasli men uchun turli voqealarga boy, g'ayritabiiy tarzda o'tdi. Nima bo'lganda ham, ertaga meni anchadan buyon o'z safiga qo'shib olishga urinayotgan klub ostonasiga qadam qo'yaman, doimiy ravishda muloqot qilib turgan murabbiy bilan uchrashaman. Shu bois, g'oyat baxtiyorman! Qanday voqealar yuz berishidan qat'iy nazar, bu erda vaqtni behuda sarflamadim, astoydil shug'ullandim. Maqsadim shu edi. Ha, «Real»dan ketish qayg'uli, albatta. Lekin umid qilamanki, «Chelsi»da hammasi yaxshi bo'ladi.

«Madrid» muxlislariga  murojaat

- «Qirollik klubi» sharafini himoya qilish ham maroqli, ham faxrli bo'ldi. So'z beraman, doimo «Madrid»ga tarafkashlik qilaman. Faqat «Chelsi»ga qarshi uchrashuvlar bundan mustasno.

Zidan bilan xayrlashuv

- Bosh murabbiyga yil davomida menga ko'rsatgan hurmati va g'amxo'rligi uchun minnatdorchilik bildirdim. Shuningdek, keyingi ishida omad tiladim.

«Real»ga qaytish xususida

- Uchinchi marta-ya... Bu ancha murakkab masala. Har holda, hozir bunday fikrdan yiroqman.

Madridga ikkinchi tashrifi haqida

- Afsuslanish uchun biror-bir jiddiy sabab ko'rmayapman: 4ta nufuzli sovrin sohibiga aylandim, axir.  Jumladan, ChLda ikkinchi marta g'oliblik nashidasini surdim. Xullas, jamoadan baxtiyor holatda ketyapman. Chunonchi, «Qirollik klubi» libosini so'nggi marta Sibeles maydonida kiygandim.

Jamoadoshlar bilan xayrlashuv

- Ular chin do'stlarim va keyinchalik ham o'rtadagi aloqalarni uzmayman. Jamoa ham, shahar ham o'zgarishi mumkin, lekin do'stligimiz emas.

Xotirjam tortishga asos yo'q

- «Chelsi» bazasiga etib borib, tibbiy ko'rikdan o'tish va taqdimot marosimida muxlislarga tanishtirilishimgacha o'zimni xotirjam his qilolmayman. Shu yoz nechog'li kutilmagan voqealar yuz berishi mumkinligiga shaxsan o'zim yana bir karra amin bo'ldim. Shu bois, hammasi o'z o'rniga tushguniga qadar sabr qilishim ma'qul.

Los-Anjeles safari taassurotlari

- Taqdirga nima bitilgan bo'lsa, o'shani ko'ramiz. Xayriyatki, hammasi yaxshilik bilan intiho topdi. Hozir men uchun eng muhimi - Londonga sog'-salomat etib borish va yangi jamoam mashg'ulotlariga kirishish.

Antonio Konte haqida

- Menga doimo ishonch bilan qaragan murabbiy rahbarligidagi jamoaga yo'l olayotganimdan behad mamnunman. Bu har qanday futbolchi uchun juda muhim.

ChLda «Chelsi» va «Real» to'qnashuvi xususida

- Aynan shunday bo'lishidan umidvorman? Zero, bu holat har ikki jamoa nufuzli turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etganini anglatadi. Yo'q, voqealar rivojidan ilgarilab ketmoqchi emasman. Chunki hozir bor e'tiborim faqat «Chelsi» bilan bog'liq.

«Chelsi»ning ispaniyalik legionerlari haqida

- Albatta, Aspilikueta bilan ko'p gaplashdim, shuningdek, Torresdan maslahat oldim. Ular har qanday masalada yordam berishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.

ANTONIO KONTE NIMA DEYDI?

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte ham Alvaro Morata transferiga to'xtalib, uni klubning kelajak loyihasi sifatida ta'rifladi. Aytish joiz, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi aynan italiyalik mutaxassisning sa'y-harakatlari va qistovi tufayli «ko'klar» safiga qo'shildi.

Morata tanlovi haqida

- Menimcha, biz hujumchi tanlashda adashmadik. Birinchidan, Alvaro atigi 24 yoshda, shunga qaramay, tajribasi etarli. Ikkinchidan, u «Yuventus» va «Real» safida ChL bahslarida o'zini ko'rsatishga ulgurgan. Xullas, bosim nimaligini yaxshi biladi, unga qarshi turishga qodir.

Xaridlar bahosi haqida

- Transferlar bozoridagi narxlar? Bugunning talabi shunday ekan, uni qabul qilishdan boshqa chora yo'q. Yaxshi o'yinchiga ega bo'lish uchun ko'p sarflashingizga to'g'ri keladi. Bunda faqat ijrochi tanlashda adashmasangiz, bas.

Asosiy hujumchi haqida

- Yashirib nima qildim, Morataga birinchi raqamli hujumchi sifatida qarayapman. Gap gol urishni uddalaydigan kuchli forvard haqida ketyapti. Uning ortida klub kelajagi bor. Ishonchim komil, Morata hali o'zining eng yuqori saviyasiga chiqqani yo'q. Xususan, ayrim jihatlar ustida alohida shug'ullanishi talab etiladi. Bu borada unga yordam berishga tayyorman.

Diego Kosta kelajagi haqida

- Diego Kostaga kelsak, hammasi oddiy. Aslida jamoamdan ketadigan futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman. Faqat shuni ayta olamanki, Kosta ham, uning agenti ham yanvar oyidayoq mening rejalarimdan xabar topishgandi. Boz ustiga, bu borada klub rahbariyatini ham ogohlantirganman. Demak, ushbu masala men uchun yopiq...

BestMaster
26 Iyul 2017, 11:10
alvaro, morata, «endi, «real»ga, qaytmayman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads