Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» mavsumni durang bilan yakunladi

Ispaniya chempionatining 38-turi doirasida 19 iyul kuni «Leganes» o'z uyida «Real»ni qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 38-turi doirasida 19 iyul kuni «Leganes» o'z uyida «Real»ni qabul qilib, jangovar durangga imzo chekdi. Vaholanki, mezbonlar La ligada jon saqlab qolish uchun ularga faqat va faqat g'alaba kerak edi.

Ular bunga intilishdi, harakat qilishdi. "Leganes" ikki marta hisobda ortda borib, muvozanatni tikladi. So'nggi daqiqalarda maydon egalari katta kuch bilan oldinga tashlanishdi, bir qator xavfli vaziyatlarni yaratishdi, ammo vaziyatni yakunlashda ularga aniqlik etishmadi.

"Selta" safarda "Espanol" bilan durang o'ynadi. Bu esa "Leganes" uchun yaxshi imkoniyat edi. Ammo jamoa "Real"ni mag'lub eta olmadi va La ligani tark etdi.

Muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritgan "Real" esa asosan ikkinchi tarkib bilan harakat qildi. Natijada madridliklar ushbu mavsumda 87 ochko jamg'arishdi.  

Ispaniya La ligasi, 38-tur
Leganes – Real Madrid 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Ramos, 1:1 – 45 Xil, 1:2 – 52 Asensio, 2:2 – 78 Assale.
Leganes – Kuelyar, Siovas, Silva, Rosales, Bustinsa, Xil, Resio (Mesa, 55), Ruibal (Gerrero, 46), Amadu (Aviles, 78), Tarin (Assale, 55), Manu (Oskar Rodriges, 46).
Real Madrid – Areolya, Militao, Mendi, Ramos (Nacho, 46), Vaskes, Isko, Valverde, Asensio (Braim Dias, 61), Kazemiro (Kroos, 61), Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 61).
Ogohlantirishlar: Resio (39), Ruibal (43), Bustinsa (49), Silva (56), Braim Dias (66).

BestMaster
20 Iyul 2020, 02:30
liga, «real», mavsumni, durang, bilan, yakunladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads