Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. “Leganes" - "Real Madrid" 2:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati oxirgi turi doirasida "Leganes" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

78-daqiqa. GOOOOL! Rojer Assale!  

75-daqiqa. "Leganes" qanchalik urinmasin hujumidan naf chiqara olmagach, hakam futbolchilarga suv ichib olish vaqti bo'lganini eslatdi.   

73-daqiqa. "Real" uchun begona bo'lmagan Oskar Rodriges uzoq masofadan kuchli zarba berdi, Alfons o'z o'rnida. 

70-daqiqa. O'ng qanotdan hujumga qo'shilgan Lukas Vaskes jarima maydonidagi Yovichni to'p bilan taminlamoqchi edi, lekin to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

69-daqiqa. Uzoq masofadan zarba berildi, Areolya bir amallab to'pni qaytardi, unga birinchi bo'lib "Leganes" hujumchisi etib keldi, himoyachi bilan to'qnashgan futbolchi yiqilib tushdi va ... Hamma penaltimi deb turganda, hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi. 

Isko bugun ancha yaxshi o'yin ko'rsatayotganini takidlab o'tish lozim. Maydon markazida aynan u faol va o'yinni qaysidir manoda boshqara olmoqda. 

67-daqiqa. "Leganes"ning navbatdagi hujumi chap qanotdan amalga oshirildi, to'p jarima maydoni ichiga oshirib berildi, lekin unga etib keladigan hujumchi topilmadi. 

66-daqiqa. Braim Dias yana faollik ko'rsatib oldinga o'tdi, bir raqibini aldash chog'ida to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va qoidani buzdi. Hakam o'ylab o'tirmay, cho'ntagidan sariq rangli kartochkani chiqardi. 

63-daqiqa. Bir daqiqa ichida Isko va Braim Diasdan chiroyli texnik harakatlarni ko'rishimiz mumkin edi. Biri himoyaga yaqin joyda, ikkinchisi raqib jarima maydoni ichida. 

62-daqiqa. Yana Brayan Xil faollik ko'rsatdi, qulay vaziyatdagi zarbadan so'ng to'p yo'liga Mendi to'g'anoq bo'ldi, keyin Militao uzoqlashtirdi.  

Etiborli jihati, Zidan shu vaziyatda ham, jamoasi bugun ham g'alaba qozonayotgan bo'lsada, o'ta jiddiy va bo'shash haqida o'ylamayapti.  

61-daqiqa. O'zgarishlar! Benzema-Yovich, Kazemiro-Kroos, Asensio-Braim Dias.

60-daqiqa. To'p uchun kurashda har ikki jamoa o'yinchilari xatoga yo'l qo'yishmoqda.

58-daqiqa. "Leganes" chap qanotdan oldinga o'tdi, Lukas Vaskes esa negadir sustkashlikka yo'l qo'yib, raqibni quylashni ham ep ko'rmadi, ammo Brayan Xilning uzatmasini Eder Militao qaytardi.

56-daqiqa. "Leganes" hujumda qoidani buzdi. Jonatan da Silva to'pning o'rniga Kazemironing boshini nishonga oldi. 

To'g'ri bu o'yindagi g'alaba va uch ochko "Qirollik klubi" uchun u qadar muhim emasdir, lekin mana bu gol Asensio uchun juda muhim. Og'ir jarohat qaytgan futbolchi ko'proq gollar urib, samarali harakatlarni amalga oshirarkan, o'ziga bo'lgan ishonchi tezroq qaytadi. 

Maydon markaziga yaqin joyda to'p olib qo'yildi va Isko uzoq cho'zib o'tirmay, qulay vaziyatga chiqib borayotgan Marko Asensioni ko'rdi, ispaniyalik futbolchi imkoniyatdan unumli foydalandi.  

52-daqiqa GOOOOOOL! Marko Asensio!

49-daqiqa. Hamon to'p bilan ko'proq "Real" futbolchilari muomala qilishmoqda. "Leganes" esa himoyaga asosiy etiborini qaratib, o'z imkoniyatini sabr bilan kutmoqda.

46-daqiqa. Karim Benzema to'pni o'yinga kiritdi. "Real" shoshilmayapti, "Qirollik klubi" mavsumdagi asosiy ishini qilib bo'lgani baribir sezilmoqda. 

Ikkini bo'lim boshlandi. 

Bizni qiziqarli ikkinchi bo'lim kutib turibdi.

45+3-daqiqa. Hakamning hushtagi chalindi va birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi.

CHap qanotdan uyushtirilgan hujum, to'p jarima maydoni ichiga etkazildi, Brayan Xilga himoyachilar negadir ortiqcha qarshilik ko'rsatishmadi va hisob tenglashdi.

45+1-daqiqa. GOOOOOOL! Brayan Xil!

+3-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43-daqiqa. Bir necha daqiqa davomida "Real" to'pni deyarli raqibga bermayapti, to'p oldirib qo'yilishi bilanoq kurashga kirishib, olib qo'ymoqda va xotirjam taymni tugatib qo'ymoqchidek. 

41-daqiqa. Ferlan Mendi chap qanotdan tezligini ishga solib, raqibini dog'da qoldirdi va to'pni Asensioga etkazib berdi, ammo Markoning zarbasi umuman ko'ngildagidek chiqmadi. 

37-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin to'p Iskoga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to'pidan keyin ham xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi, lekin Valverde to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi.  

36-daqiqa. "Leganes"ning hujumini mehmonlar qoida buzish evaziga to'xtatib qolishdi. 

33-daqiqa. Hakam futbolchilarni suv ichib olishga taklif qildi. 

32-daqiqa. Jarima zarbasini Marko Asensio amalga oshirdi, ammo u uzatib bergan to'pga darvozabon chiqib kelib, egallab oldi. 

30-daqiqa. Kazemiroga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

26-daqiqa. Isko va Benzema raqib darvozasini ikkinchi bor ishg'ol qilmoqchi edi, lekin to'p darvozabonga borib tushdiyu, Ivan Kuelyar ham "nimadir qilmoqchi" bo'ldi chog'i, sal qolsa, to'pni darvozadan 5-6 metr uzoqlikda turgan Karimga sovg'a qilardi.

21-daqiqa. "Leganes" hujumga o'tishni istamoqda, ammo hozircha raqib himoyasini qanday yorib o'tishni bilmayapti.  

20-daqiqa. "Real" yana gol urib olgach, biroz o'yinni sekinlashtirayotgandek tuyulmoqda. 

18-daqiqa. "Aut"dan Karvaxal to'pni tezda jarima maydoni ichidagi Benzemaga tashlab berdi, Karim uni to'xtatib o'tirmay, darvozaga yo'lladi, lekin noaniq.

14-daqiqa. "Leganes"ning adashmasam birinchi aniq zarbasi, Brayan Xil yaxshi zarba berdi, ammo Alfons Areolya o'z o'rnida. 

11-daqiqa. "Leganes" qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo noaniq to'p uzatmasi hujumni buzib qo'ydi.

Iskoning jarimadan uzatgan to'piga jarima maydonida birinchi bo'lib Serxio Ramos etib bordi va to'pni darvozaga yo'lladi. 

9-daqiqa. GOOOOOL! Serxio Ramos hisobni ochdi! 

6-daqiqa. Sal qolsa hisob ochilardi. Kutilmaganda Fede Valverde ajoyib zarba berib qoldi, darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. Burchak to'pidan keyin esa posbon to'pni egallab oldi. 

4-daqiqa. Kutilganidek, "Real Madrid" to'pni raqibdan olib qo'yishga intilmoqda. Ammo hozircha har ikki jamoa chinakamiga xavfli vaziyat yarata olmadi. To'p asosan markazda va unga yaqin hududlarda yuribdi.  

1-daqiqa. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi. Demak, kettik. 

"Leganes" futbolchilari "Qirollik klubi" uchun chempionlik yo'lakchasini tashkil qilib berishdi va shu yo'l bilan hurmatlarini izhor qilishdi.

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib keldi, tribunalarda faqatgina zaxira futbolchilari :).

Demak, bugun yangi chempionning uchrashuvi siz bilan birga men Omonjon To'xtamirzaev kuzatib boraman.

Qizig'i, asosiy tarkibga qarab turib, ha, Zidan kamroq o'ynayotgan qator futbolchilarga imkon berdi deyish mumkin, lekin shu holatda ham bu "Qirollik klubi"ning ikkinchi tarkibi deb bo'lmasa kerak.

Rasman chempionga aylanib ulgurgan "Real Madrid" bugun qanday tarkibda maydonga tusharkin, Zidan zaxira futbolchilariga imkon berarmikin degan savollar muxlislarni qiziqtirgani bor gap. 

 

YANGILASH

 

Leganes

Bryan Gil - 45', Roger Assale - 79'

LaLiga . 38-tur

20/07/2020, 00:00

2 : 2 2-bo'lim

Real Madrid

Sergio Ramos - 9', Marco Asensio - 52'

Stadion: Estadio Butarque, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

BestMaster
20 Iyul 2020, 01:45
live , liga, “leganes, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads