Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. “Leganes" - "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati joriy mavsumidan o'rin olgan so'nggi bahslar bir xil vaqtda, yani, 00:00 da boshlanadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

14-daqiqa. "Leganes"ning adashmasam birinchi aniq zarbasi,  Brayan Xil yaxshi zarba berdi, ammo Alfons Areolya o'z o'rnida. 

11-daqiqa. "Leganes" qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo noaniq to'p uzatmasi hujumni buzib qo'ydi.

Iskoning jarimadan uzatgan to'piga jarima maydonida birinchi bo'lib Serxio Ramos etib bordi va to'pni darvozaga yo'lladi. 

9-daqiqa. GOOOOOL! Serxio Ramos hisobni ochdi! 

6-daqiqa. Sal qolsa hisob ochilardi. Kutilmaganda Fede Valverde ajoyib zarba berib qoldi, darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. Burchak to'pidan keyin esa posbon to'pni egallab oldi. 

4-daqiqa. Kutilganidek, "Real Madrid" to'pni raqibdan olib qo'yishga intilmoqda. Ammo hozircha har ikki jamoa chinakamiga xavfli vaziyat yarata olmadi. To'p asosan markazda va unga yaqin hududlarda yuribdi.  

1-daqiqa. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi. Demak, kettik. 

"Leganes" futbolchilari "Qirollik klubi" uchun chempionlik yo'lakchasini tashkil qilib berishdi va shu yo'l bilan hurmatlarini izhor qilishdi.

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib keldi, tribunalarda faqatgina zaxira futbolchilari :).

Demak, bugun yangi chempionning uchrashuvi siz bilan birga men Omonjon To'xtamirzaev kuzatib boraman.

Qizig'i, asosiy tarkibga qarab turib, ha, Zidan kamroq o'ynayotgan qator futbolchilarga imkon berdi deyish mumkin, lekin shu holatda ham bu "Qirollik klubi"ning ikkinchi tarkibi deb bo'lmasa kerak.

Rasman chempionga aylanib ulgurgan "Real Madrid" bugun qanday tarkibda maydonga tusharkin, Zidan zaxira futbolchilariga imkon berarmikin degan savollar muxlislarni qiziqtirgani bor gap. 

 

YANGILASH

 

Leganes

LaLiga . 38-tur

20/07/2020, 00:00

1 : 0 1-bo'lim

Real Madrid

Sergio Ramos - 9'

Stadion: Estadio Butarque, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

BestMaster
20 Iyul 2020, 00:15
live , liga, “leganes, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads