Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rodrigo: "Biz chempionlarmiz" (intervyu)

.
- Yuklab olish

“Qirollik klubi”dagi o'zining ilk mavsumini o'tkazayotgan Rodrigo ham Real Madrid TV nashri uchun intervyu berib o'tdi. O'z vatandoshi (Roberto Karlos) uyushtirgan suhbatda, yosh futbolchi o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Primero” g'olibligi

To'g'risi, Ispaniya chempionligini qo'lga kiritganimdan faxrlanaman. Bu men uchun chinakam sharaf. Bolalikdagi orzularimdan biri amalga oshdi.

Chempionat yakuni haqida

To'g'ri, juda qiyin uchrashuvlar o'tkazdik. Oson o'yin bo'lmadi. Shunga qaramay, biz “Real”miz. Doimo shu tempda futbol namoyish etishga majburmiz. Biz chempionlarmiz. Bu daqiqalardan zavq olishga haqlimiz deb hisoblayman.

Madriddagi ilk mavsumi haqida

Ochig'i ishlar bu qadar osonlik bilan amalga oshadi deb o'ylamagan edim. O'ylaganimdan ham yaxshiroq o'zimni ko'rsata oldim. Menga shu qadar ishonch bildirishlarini va bu qadar ko'p o'yinlarlarda maydonga tushishimni tasavvur ham qilmagan edim. Bu ajoyib mavsumni hech qachon unutmayman.

Oila a'zolaridan kelgan sms

Ota-onam chempionlikni qo'lga kiritishimiz bilan menga sms yubordi. Ularning tabriklaridan ko'nglim osmonga etdi. Dadam “Real”da to'p surish orzusida futbolga kirib kelganimni yaxshi bilganlari uchun ham alohida tabrikladilar. Onam orzularimning amalga oshirganim uchun faxrlanishlarini aytdilar. Darhaqiqat, bu unutilmas hislar edi.

“La Liga”ning ilk sovrini

Men Madrid klubi bilan Ispaniya superkubogida zafar quchdim. Bu yoqimli, biroq “Primero” chempionligi umuman boshqa narsa.  Bu sovrin sizga mavsum davomida tinimsiz qilgan mehnatlaringiz uchun topshiriladi. Uni birgina g'alaba bilan qo'lga kiritishning iloji yo'q.

Klub talablari


“Real”ning taklifini qabul qilishdan oldin, bu klubda faqat g'alaba qozonish lozimligini bilganman. Kelgach,  bu erda g'alaba, g'alaba va yana g'alabadan boshqa natija qabul qilinmasligini ma'lum qilishdi. Biz Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdik, biroq yana g'alaba qozonishni istayamapmiz.

BestMaster
19 Iyul 2020, 16:00
rodrigo, chempionlarmiz, intervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads