Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich: “Mening pasportdagi yoshimga e'tibor bermang" (intervyu)

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan “Real Madrid” jamoasi futbolchisi Luka Modrich Real Madrid TV kanali uchun ekslyuziv intervyu berdi. E'tiborlisi shundaki, ushbu intervyuni “qirollik klubi”ning afsonaviy futbolchisi Roberto Karlos uysuhtirdi.

O'z vazifasi haqida

–  O'z-o'zini yakkalash chog'ida tinimsiz mehnat qildim. Bir kun ham mashg'ulotlardan zerikkanim yo'q. Ichki birinchilikda o'yinlarimdan ko'nglim to'ldi. Ayniqsa, jamoaviy harakatlarimzdan yuz foiz qoniqdim. Bu ajoyib mavsum bo'ldi deb hisoblayman.

To'p surish ishtiyoqi

– Sizlarga g'alati eshitilishi mumkin, biroq bu so'zlarimni barcha murabbiylarim tasdiqlashlari aniq. Men futbolni sevaman. Aynan maydonda harakat qilganimda o'zimni juda yaxshi his etaman. Murabbiyimiz mavsum davomida rotattsiyadan foydalanadi. Sababi, bizda yuqori darajadagi ijrochilar ko'p. Shunga qaramay, doimo maydonda bo'lishni istayman. Ochig'i, mening pasportdagi yoshim bilan emas, maydonda ko'rsatayotgan o'yinim bilan baholashlarini istayman. To'g'risi, o'z yoshim haqida so'zlashni hush ko'rmayman.

Mavsum restarti haqida

– Bu mavsum qolganlaridan ancha uzoqroqqa cho'zildi. Ko'plab o'yinlar o'tkazdik va ularning barchasida yaxshi taassurot qoldirdik. Restartdan so'ng, barcha futbolchilar to'pni sog'inganini namoyish eta oldi. Biz og'ir mehnat sababli murabbiy istagan darajaga ko'tarila oldik. Biz 10 ta o'yinning 10 tasida g'alaba qozondik. Bu shunchaki fantastik natija deb hisoblayman.

EChL haqida

– Bu tarkib hech qachon o'zidan ko'ngli to'lmaydigan yigitlardan iborat. Biz tinimsiz g'alaba qozonishni istaymiz. “La Liga” yakunlangach, bizni “Siti”ga qarshi og'ir uchrashuv kutib turibdi. Ilk uchrashuvda mag'lub bo'ldik, biroq ishonchli futbol namoyish etdik. Alamli mag'lubiyat bo'ldi, lekin doimo g'alaba qozonishning iloji yo'q. Bizda Manchester klubiga qarshi bitta sifatli futbol uchrashuvi namoyish etush uchun resurs etarli deb hisoblayman.

Jamoaning ayni damdagi formasi haqida

– Endilikda  yaxshilab dam olishimiz va oldimizda turgan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Endi bizni juda muhim va asabiy bahs kutib turibdi. To'g'risi, chempionlik poygasida “Siti”ni mag'lub etishga qodirligimizni namoyish etdik. Endi hammasini EChLda yana isbotlashimiz darkor.

BestMaster
19 Iyul 2020, 15:30
modrich, “mening, pasportdagi, yoshimga, etibor, bermang, intervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads