Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi: "Real"ning chempion bo'lishida bizning ham "hissa"miz bor"

«Real» 3 yildan beri ilk bor Madridga La Liga chempionligini qaytardi. Koronavirus tufayli to'xtatilgan chempionat qayta tiklanganidan keyin Zidan har bitta o'yin finalga teng bo'lishini ta'kidlagandi.

.
- Yuklab olish

«Real» 3 yildan beri ilk bor Madridga La Liga chempionligini qaytardi. Koronavirus tufayli to'xtatilgan chempionat qayta tiklanganidan keyin Zidan har bitta o'yin finalga teng bo'lishini ta'kidlagandi. Bu finallarda "qirollik klubi" munosib o'ynadi, 29-turda jamoa "Barselona"dan ikki ochko ortda edi, ammo 30-turda ochkolar tenglashdi va "Real" birinchi o'ringa chiqdi. 32-turda esa "qaymoqranglilar" asosiy raqibni ikki ochkoga ortda qoldirdi va yakunda chempion bo'ldi. Xo'sh, ushbu zafar bizga qanday muhim raqamlarni taqdim etdi?

• Chempionat qayta tiklanganidan keyin 9 ta o'yinda 9 ta g'alaba. 30 imkoniyatdan 30 ochko, jami bo'lib 4 ta o'tkazib yuborilgan gol. Afsuski, «Vilyarreal»dan o'tkazib yuborilgan gol rekordni yo'qqa chiqardi, "Real" ketma-ket 5 ta uy o'yinida gol o'tkazib yubormaslik borasidagi rekordni takrorlashi mumkin edi. Bunday natija 1994 yil dekabridan 1995 yil apreligacha qayd etilgan, o'shanda bosh murabbiy Xorxe Valdano edi.

• «Real» sovrinlar borasida "Barselona" bilan tenglashib oldi. Jamoa 34 marta La Liga, 19 marta Ispaniya Kubogi, 11 marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Liga kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, «Real»da 26 ta xalqaro sovrin bor: 13 marta EChL, 2 marta UEFA kubogi, 4 marta UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCh, 3 marta Qit'alararo kubokda zafar quchgan.

«Barselona»da esa sovrinlar borasida vaziyat quyidagicha: La Liga (26 marta), Ispaniya Kubogi (30), Ispaniya Superkubogi (13), Liga Kubogi (2), EChL (5), UEFA Superkubogi (5), klublar o'rtasidagi JCh (3), yarmarka Kubogi (3), Kubok egalari kubogi (4).

Umumiy natija: 91 ga qarshi 91. 

• Bu mavsum Karim Benzemaga ataldi, u ayni damga qadar La Ligada 21 ta gol urdi. U birinchi bor ketma-ket ikki mavsumda 20+ gol urishga erishdi (21ta gol – 2018/19). 

Benzema shuningdek safarda urilgan gollar bo'yicha ham peshqadam hisoblanadi.  

• Endi Zidan haqida. U 3,5 mavsumda 11 ta sovrinni qo'lga kiritdi: 3 marta EChL g'olibligi, 2 martadan La Liga chempionligi, Ispaniya Superkubogi, Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi ChM g'olibligi.

Zidan Fabio Kapello davridan keyin (2006) ikki bor La Liga g'olibligiga erishgan birinchi murabbiyga aylandi. Bu borada omadli murabbiylar reytingi quyidagicha: Migel Munos (9 marta), Luis Molovni (3), Leo Benxakker (3), Xuan Vilyalonge (2), Milyan Milyanich (2), Fabio Kapello (2), Visente Del Boske (2) va Zinedin Zidan (2).

• «Barselona» 37-turda "Osasuna"ga yutqazdi. Jamoa 2014 yildan beri ilk bor chempionat va Ispaniya Kubogidan mahrum qildi.

Hatto Messi ham mavsum qayta tiklanganidan keyin "Real"ni to'xtatib bo'lmasligini aytgandi: «Ular o'z ishlarini qilishadi. Hech bir o'yinda yutqazmaslik – bu kerakli natija. Ammo biz ham bu g'alabalarga "hissa" qo'shdik va endi hammasini tahlil qilishimiz shart».

"Real" muxlislarini navbatdagi chempionlik bilan yana bir bor tabriklaymiz. Umid qilamizki, kelasi mavsumda ham La Ligada yanada qiziqarli o'tadi.

Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

BestMaster
18 Iyul 2020, 02:01
messi, realning, chempion, bolishida, bizning, hissamiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads