Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" - "Vilyarreal" 2:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 37-turi doirasidagi "Real" - "Vilyareal" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

O'yinning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

Bo'ldi, tamom, "Real Madrid" rasman La Liganing ushbu mavsumdagi CHEMPIONI! "Barselona"ning o'yini ham, natijasi ham endi hech nimani hal qilmaydi! Zidan shogirdlari chempion!

90+5-daqiqa. Asensio gol urdi, lekin "Real"ga doim yordam beradi deyilgan "VAR" golni bekor qildi.  

90+3-daqiqa. GOOOL deyishga shoshilma Abdullajon, axir to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi-ku, deydigan odam yo'q.  

O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. Ha, azizlar "Madrid"ni chempionlik 6 daqiqa ajratib turibdi!

90-daqiqa. Benzema va Mendi qiyin vaziyatda to'pni jamoada olib qolishga urinishdi, lekin franciyalikning to'p oshirishi noaniq bo'ldi, mehmonlar hujumga o'tdi, lekin Moreno jarima maydoniga kirayotganda to'pni to'xtata olmadi.  

"Barsa" muxlislariga jon kirgan bo'lsa ne ajab. Ular hozir: endi "Vilarreal" hisobni tenglashtirib bersa, uyoqda "Barselona" bir amallab kamchilikdagi raqibini engib olsa, hali ham imkoniyatimiz qoladi" deb o'tirgan bo'lsalar kerak.  

84-daqiqa. GOOOOL! Visente Iborra qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi.  

81-daqiqa. "Real"ning ishtahasi ochildi. Vinisius jarima maydoniga kirib-kirmay, to'pni Benzemaga oshirdi, lekin Karim zarba berishni esidan chiqarib qo'ydi. SHu zahoti to'pni mezbonlar olib qo'yishdi va Toni Kroos ajoyib zarbani amalga oshirdi, lekin darvozabon ham tomosha qilayotgan vaziyatda to'p to'singa tegib qaytdi. 

80-daqiqa. Vinisius qanotdan markazga kirib bordi va zarba berdi, lekin burchak to'pi xolos. 

78-daqiqa. Futbolchilar suv ichib olguncha, "nega penalti bekor qilinmay, qayta tepildi?", deb savol berayotganlar uchun shu epizodga to'xtalib o'tsak. Ramos zarbani amalga oshirayotgan vaziyatda, u to'pga tegib ulgurmasidan Benzema jarima maydoniga kirib ketdi, to'g'ri, shuning uchun gol inobatga olinmadi. Ammo o'sha joyda Karimdan tashqari "Vilyarreal"ning ikki futbolchisi ham kirib ketgani sabab, hech qanday muammo yuzaga kelmadi.      

77-daqiqa. Endi Benzema, zarba, gol! Franciyalik futbolchi ishonchli zarba bilan hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.  

75-daqiqa. Bo'ldi, penalti. :))) Ramos bu safar tepmay, o'ziga xos tarzda amalga oshirmoqchi edi. To'pni darvozaga yo'llamay, sekingina yumalatib qo'ydi, katta tezlikda kelgan Karim gol urdi, lekin hakam to'xtanglaaar dedi. 

73-daqiqa. PENALTI! Maydon markazida to'pni olib qo'yib, hujumga o'tgan Ramosni yiqitishdi! "VAR"ning "gapini" kutamiz.

71-daqiqa. "Vilyarreal" futbolchisi qulay vaziyatga chiqib zarba berdi, lekin Kurtua to'pni osongina egallab oldi.

69-daqiqa. Kurtua o'ziga keldi shekilli, har holda o'zi turib, to'pni kuchli zarba bilan maydonning buyog'iga yo'lladi. 

67-daqiqa. To'p uchun kurashda, kim birinchi etib kelarkin degan vaziyatga Kurtua to'pni qaytardi, hujumchi esa o'zi istamagan holda posbonning boshiga kuchli zarba berdi. Bu erda u tizzasi bilan urilib ketdi va Tiboning holati hozircha noaniq. U maydonda o'tiribdi.

65-daqiqa. Birinchi bo'limga nisbatan kamroq to'p bilan muomala qilayotgan "Real" futbolchilari bo'shashmasliklari uchun Zidan maydon chetida tinmay ko'rsatmalar berib turibdi.   

63-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelgani yo'q.

61-daqiqa. Luka Modrich raqibning xavfli hujumini to'xtatib qolish uchun qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq topildi. Sariq, qizil emas (!) "Real"ni "xush ko'radiganlar" shoshilmang!

O'yinlarda keskin o'zgarishlar bo'lmasa, yana yarim soatdan keyin ushbu shaharda ko'pchilik bayramni boshlab yuboradi!

58-daqiqa. Rodrigo asli o'yindan tashqari holatda turgan holda to'pni qabul qilib oldi, raqibni osonlik bilan aldadi, lekin u jaxl bilan qoidani buzdi.   

57-daqiqa. Mehmonlar himoyachisi nima qilmoqchi bo'lganini raqib tugul, o'z sheriklari ham tushunmadi.  

54-daqiqa. Mehmonlar jarima to'pi tepish imkoniga ega bo'lishdi, lekin himoyachilar to'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pidan keyin esa Kurtua ishonchli harakat qildi. 

53-daqiqa. Dani Karvaxalga sariq kartochka ko'rsatildi.  

49-daqiqa. Azarning o'z kuchiga ishonishiga qoyil qolmay iloj yo'q, u bir nechta raqib ichida bo'lishiga qaramay, jussa jihatidan raqiblaridan keskin farq qilsa ham, qo'rqmaydi, to'p bilan juda erkin muomalada bo'ladi. Hozir ham u raqs tushayotgandek bir nechta raqiblari ichidan to'pni olib chiqib, sherigiga uzatdi.   

48-daqiqa. Ikkinchi bo'lim avvalida to'p bilan ko'proq "Vilyarreal" futbolchilari egalik qilishmoqda, lekin hozircha birorta xavfli vaziyat yaratilmadi.  

46-daqiqa. Kroos jarima zarbasini tezda amalga oshirib, Ramosni gol urishiga vaziyat yaratmoqchi edi, lekin sardor to'pga eta olmadi.  

46-daqiqa. Bo'ldi, kettik. Ikkinchi bo'lim boshlandi, uni "Qirollik klubi" boshlab berdi.

Jamoalar allaqachon maydonga chiqib bo'lishdi, lekin parallel o'yinlarni kutib turibmiz.

Birinchi bo'limdan suratlar.

Bo'ldi, hakamning hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

45+3-daqiqa. "Real" bo'limga shu hisobda chiqishga rozi va maydon markazida to'pni olib yuribdi.  

45+2-daqiqa. Ramos to'pga etishni shu qadar istagandiki, keyin erga tushib, o'zini to'xtatolmay qoldi :)  

45+1-daqiqa. Ramos to'p uchun kurashda qoida buzdi deb topildi. Mehmonlarda standart vaziyat.

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Burchak to'pidan so'ng xavfli vaziyat yuzaga kelmadi, lekin "qaymoqranglilar" to'pni tezda olib qo'yishdi, hujum davom etadi.  

43-daqiqa. Yana Azarga nisbatan qoida buzildi. Himoyachi aybini tan olib, indamay ketdi. 

38-daqiqa. "Vilyarreal" yaxshi vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi, lekin hal qiluvchi pallada Varan to'p yo'nalishini o'zgartirib, Kurtua tomonga yo'naltirib yubordi. Qaltis holat bo'lishiga qaramay "Qirollik klubi" vakillari juda hotirjam to'pni bir-birlariga oshirib himoyadan chiqishni niyat qilishdi. 

37-daqiqa. "Real" o'yindagi ikkinchi burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachi qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

34-daqiqa. Hisobda oldinga chiqib olgan "Real" biroz tin olib, to'pni raqibga bergandek. Bunday holat qancha davom etarkin, ko'ramiz.

31-daqiqa. Gol urildi, endi suv ichib olsak ham bo'ladi.

29-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema. Pressingdagi faollik samara keltirdi, Modrich Benzemani qulay vaziyatga chiqarib yubordi va gol! Pau Torres qanchalik urinmasin, foydasi bo'lmadi.  

28-daqiqa. Maydon markazida Varan va Kazemiro raqibni qarshi olishdi va braziliyalik futbolchi qoidani buzdi. 

O'yinni tomosha qila turib, sariq futbolkalarda La Liganing 5-jamoasi o'ynayapti ham demaysiz.

25-daqiqa. Rodrigo, Azar va Benzema tinmay joy almashib yurishibdi, bu esa raqib himoyachilari uchun qo'shimcha bosh og'riq. Kimni qaerdan kutishni bilmay qolishi mumkin. 

24-daqiqa. "Vilyarreal" nihoyat raqib jarima maydoniga etib borgandi, ammo hujumchi to'pni o'ziga o'nglaguncha Ramos va sheriklari uni "yopib qo'yishdi".

20-daqiqa. So'nggi o'yinlarda ancha faol harakatlari bilan ajralib turgan Ferlan Mendi kutilmaganda, oddiy vaziyatda to'pni to'xtatolmay qoldi.   

19-daqiqa. Mezbonlar imkoniyatdan naf chiqara olishmadi. Qiziq bir jihat, mana deyarli 20 daqiqa ortda qoldi, lekin hozircha Serxio Ramosdan gol bo'lmasada, hali ham xavfli zarba ko'rib ulgurmadik. 

18-daqiqa. Hali yaxshi sport formasiga kirib ulgurmagan bo'lsada, Eden Azar raqibni sezmagandek o'tib ketayotgandi, raqib uni ochiqchasiga qoida buzib to'xtatdi. 

16-daqiqa. Luka Modrichning kuchli zarbasini posbon qaytardi, burchak to'pi. Uzatmadan keyin Varanning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Ana xolooos! Qo'shni mahallada "Barselona" to'p o'tkazib yubordi. Bunisini hech kim kutmagan bo'lsa kerak. 

13-daqiqa. Benzema jarima maydoniga kirib bordi, 3 nafar raqib orasida qolgan Karim to'pni Rodrigoga etkazdi, lekin hakamlar negadir o'yindan tashqari holatni qayd etishdi. Vaholanki u yo'q edi, "antirealchilar" shu kabi vaztiyatlarni negadir butkul eslamay o'tib ketishadi-a?)

11-daqiqa. Jarima maydoniga etkazib berilgan to'pni egallab qarshi hujumga otlangan mehmonlar vakilini Luka Modrich ajoyib harakat bilan to'xtatib, to'pni yana "Real"ga olib berdi. Uzoq davom etgan hujumni Kazemiro uzoqroqdan zarba berib yakunlab qo'ya qoldi, noaniq. 

10-daqiqa. To'pni qabul qilib olayotganida Eden Azarga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Real" jarima zarbasi amalga oshiradi. 

8-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'zlarida uzoq ushlab tura olishmayapti, Zidan shogirdlari darhol kurashga kirishib, raqibni xato qilishga majbur qilmoqda. 

6-daqiqa. Karvaxal qanotdan Modrichni oldinga boshladi, xorvatiyalik jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatmoqchi bo'ldi, ammo uni darvozabon egallab oldi.

4-daqiqa. Kazemiro bilan to'qnashgan mehmonlar futbolchisi maydonga yiqildi va turolmay qoldi. Qizig'i, hakam bu vaziyatda qoida buzilmadi deb hisoblagandi.    

3-daqiqa. KARVAXAAAAL! Sal qolsa, raqib posboni xatosidan foydalanib, to'pni uning ustidan oshirib tashlab qo'yishi mumkin edi. 

2-daqiqa. "Real" o'z odatiga ko'ra, avvaliga raqibdan to'pni olib qo'yib, maydonda kim xo'jayinligini ko'rsatib qo'yishga kirishdi. 

Bugun chempion bo'lishi kutilayotgan "Real Madrid" o'yinni oq rangdagi liboslarda o'tkazadi, mehmonlar - sariq.

O'yin boshlandi! Bugun siz bilan uchrashuvni Omonjon To'xtamirzaev kuzatib boradi.

YANGILASH

Eslatib o'tpmiz, bugungi o'yindagi g'alaba "Real"ni Ispaniya chempioniga aylantiradi. Ushbu bahslarni saytimizda matnli translyaciya tarzida ham o'qishingiz mumkin.

"Real Madrid" – "Vilyarreal"

"Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Azar, Kroos, Rodrigo, Benzema.

"Vilyarreal" – Asenxo, Pau Torres, Kintilya, SHakla, Penya, Moyses Gomes, Zambo-Angissa, Morlanes, CHukvueze, Mario Gaspar, Jerar Moreno.

Real Madrid

Karim Benzema - 29', Karim Benzema - 77'

LaLiga . 37-tur

17/07/2020, 00:00

1 : 2 Tugadi

Villarreal

Vicente Iborra - 83'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

BestMaster
17 Iyul 2020, 02:00
live , liga, real, madrid, vilyarreal, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads