Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" bugun chempionga aylanishi mumkin

Qiziqarli va yuqori saviyada o'tgan La Liganing 2019/20 yilgi mavsumi yakunlanishiga ham 2 tur qoldi.

.
- Yuklab olish

Bugun La Liga 37-tur doirasidagi barcha o'yinlar o'tkaziladi.

"Real"ni o'z uyidagi oson bo'lmagan o'yin kutib turibdi. Zidan shogirdlari CHL yo'llanmasidan bebahra qolgan "Vilyarreal"ni o'z uylarida qabul qilishadi. Agar ushbu o'yinda "qirollik klubi" g'alaba qozonsa, La Liganing joriy mavsumi yakunlashiga 1 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtiradi.

"Barselona" esa parallel o'yinda "Kamp Nou"da "Osasuna"ni qabul qiladi. Tabiiyki "Barsa" ochko yo'qotsa, "Real"ning mag'lubiyati ham chempionlikka erishishiga halaqit bermaydi. O'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Bundan tashqari, 3-o'rin uchun intraga ham yuqori darajada. "Atletiko" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Sevilya"ni ortda qoldirib, uchlikda bormoqda. "Atletiko"ning qoqilishi "Sevilya"ga kuchli uchlikka kirishiga yo'l ochishi mumkin.

La Liga 37-tur doirasidagi Barcha o'yinlar:

"Eybar" - "Valyadolid" 21:30

"Malorka" - "Granada" 00:00

"Valensiya" - "Espanol" 00:00

"Real Sosedad" - "Sevilya" 00:00

"Real" - "Vilyarreal" 00:00

"Betis" - "Alaves" 00:00

"Xetafe" - "Atletiko" 00:00

"Selta" - "Levante" 00:00

"Barselona" - "Osasuna" 00:00

"Atletik" - "Leganes" 00:00

BestMaster
16 Iyul 2020, 11:15
liga, real, bugun, chempionga, aylanishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads