"Atletiko" sardori Saul Nigesning fikricha, La Ligada "Real" chempionlikka erishsa, adolatdan bo'ladi.
"Agar "Real" La Ligani yutsa, bu ular shunga loyiq bo'lgani uchun. Ular juda yuqori saviyada o'ynashmoqda. Agar "Real" VARdan foydalangan holda juda ko'p penaltilar ishlagan bo'lsa, bu raqibga bosim o'tkazganlari uchundir.
Biz uchinchi bo'lishni xohlaymiz. Bu 4-o'rinni olish bilan bir xil emas. Tarkibni hisobga olgan holda, Chempionlar Ligasiga chiqish juda muhimligini bilardik, jamoaning mas'uliyati, javobgarligi bor va biz buni bajarishimiz shart", – dedi Saul.
Ispaniya chempionati tugashiga ikki tur qolganida "Real" "Barselona"ni 4 ochko ortda qoldirmoqda. 16 iyulb kuni "Vilyarreal" ustidan g'alaba qozongan taqdirda, Madrid klubi chempionlikni rasman kafolatlaydi.