Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL-2020/21: guruh bosqichida ishtirok etadigan 19ta klub aniq bo'ldi

Evropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili evrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda.

.
- Yuklab olish

Evropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili evrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasining keyingi mavsumi guruh bosqichida qatnashadigan bir nechta jamoalar aniq bo'ldi.

Frantsiya, Niderlandiya, Belgiya va Shotlandiyada mavsum oxiriga etkazilmagan bo'lsa, Germaniya chempionatni yakunlab qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Ispaniyada esa EChL yo'llanmasini qo'lga kiritgan 4 jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurdi.

Jami 26ta jamoaga bevosita EChL guruh bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirgi kunga kelib bu huquqni qo'lga kiritgan jamoalar:

Angliya: Liverpul, Manchester Siti
Ispaniya: Real, Barselona, Sevilya, Atletiko Madrid
Germaniya: Bavariya, Borussiya D, RB Leyptsig, Borussiya M
Frantsiya: PSJ, Marsel, Renn
Italiya: Yuventus
Belgiya: Bryugge
Ukraina: Shaxtyor
Turkiya: Istanbul Bashakshehir
Rossiya: Zenit
Niderlandiya: Ayaks

BestMaster
15 Iyul 2020, 09:00
echl-2020/21, guruh, bosqichida, ishtirok, etadigan, 19ta, klub, aniq, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads