Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Oltin to'p»-2020 da'vogarlari reytingi yangilandi: 14.07.2020 (top-20)

"Goal" nashri ekspertlari joriy yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning reytingini yangiladi.

.
- Yuklab olish

"Goal" nashri ekspertlari joriy yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning reytingini yangiladi.

Reytingning yuqori pog'onasini bu safar ham «Bavariya» forvardi Robert Levandovski hech kimga bermadi. Shuningdek, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messi o'tgna haftadagi reyting bilan taqqoslaganda kuchli uchlikni hech kimga bo'shatishmadi. "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ham 4-qatorni band etib turibdi.

Reytingda qiziq o'zgarish ro'y berdi. Evropa chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlangach, Neymar va Kilian Mbappening ro'yxatda 2 pog'onadan ko'tarilishdi. Ular endi mos ravishda 5 va 7-o'rinni egallab turishibdi. Parijliklar chorak finalda "Atalanta" bilan to'qnash kelishadi. Ekspertlar bu uchrashuvlarda Neymar va Mbappe o'zini ko'rsatishini umid qilishmoqda. Bundan tashqari, juftlik g'olibi yarim finalda "Leyptsig" - "Atletiko" uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash kelishi ham "PSJ" etakchi futbolchilarining "Oltin to'p" uchun kurashdagi imkoniyatini nazariy jihatdan oshirgandek.

Avvalgi reytinglarda top-20ga kirmagan "Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling ilk marta top-20ga kirdi. Angliyalik futbolchi 18-pog'onaga joylashtirildi. Natijada "Latsio" to'purari Chiro Immobile top-20ni tark etdi.

«Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogar futbolchilar (top-20):

1. Robert Levandovski («Bavariya», avvalgi reyting — 1)
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 2).
3. Lionel Messi («Barselona», 4).
4. Kevin De Breyne («Manchester Siti», 4).
5. Neymar («PSJ», 7).
6. Karim Benzema («Real», 6).
7. Kilian Mbappe («PSJ», 9).
8. Tomas Myuller («Bavariya», 5).
9. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 8).
10.Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 10)
11. Serj Gnabri («Bavariya», 15).
12. Serxio Ramos ("Real", 12)
13. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, 13).
14. Paulo Dibala ("Yuventus", 14)
15. Kay Xaverts ("Bayer", 15).
16. Sadio Mane ("Liverpul", 16)
17. Alfonso Devis ("Bavariya", 17)
18. Rahim Sterling ("Manchester Siti", reytingga ilk marta kirdi)
19. Jordan Xenderson ("Liverpul", 18)
20. Timo Verner ("Leyptsig", 19)

BestMaster
14 Iyul 2020, 23:30
«oltin, top»-2020, davogarlari, reytingi, yangilandi, 14072020, top-20,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
14 Iyul 2020, 23:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads