Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos: «Payshanba kuni «Real» chempionlikni tantana qiladi, deb umid qilaman»

Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos «Granada» klubi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida «Granada»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Hali hech narsa qo'lga kiritilmadi. Lekin jamoaning La ligada g'olib chiqish ishtiyoqi yuqori. Barchasi o'zimizning qo'limizda, lekin hali qo'lga kiritilishi kerak bo'lgan ochkolar bor. Restartdan keyin maqsadimiz barcha o'yinlarda g'alaba qozonish edi. Buni amalga oshirishga harakat qilib ko'ramiz. Chempionatda g'olib chiqish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz.

Bugun 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda beixtiyor xatoga yo'l qo'ydik va darvozabonimizni qiyin ahvolga solib qo'ydik. Uchinchi golni urib, intrigani yo'qqa chiqarish o'rniga, biz bo'shashdik. Bunday holatga yo'l qo'yishimiz kerak emas. Chunki, raqib g'alabaga erishishi mumkin. Birinchi bo'limda g'alaba qozondik, lekin ikkinchi taymda yutqazdik.

G'alaba juda muhim, lekin ikkinchi bo'limdan keyin unchalik yoqimli bo'lmagan hissiyotlar yuzaga keldi. La liga darajasi juda yuqori. Shuning uchun butun uchrashuv davomida kontsentratsiyani yo'qotmaslik kerak. Shuningdek, "Granada" maydonida top-3 jamoalardan faqat biz g'alaba qozondik. Demak, bu maydonda g'alaba qozonish oson emas.

Umid qilaman, payshanba kuni chempionlik sovrinini tantana qilamiz», — dedi Ramos.

Ma'lumot o'rnida. «Real» 16 iyul kuni o'z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.

BestMaster
14 Iyul 2020, 13:00
ramos, «payshanba, kuni, «real», chempionlikni, tantana, qiladi, umid, qilaman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Худо хохласа чемпион булади реал
14 Iyul 2020, 15:02
 dowran  
Inshoolloh galaba wa chempionlik.hudo hohlasa
14 Iyul 2020, 21:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads