Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kurtua: "Muxlislar "Real"dan har bir uchrashuvda g'alaba kutishadi"

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Granada» (2:1) klubi ustidan La Liganing 36-tur doirasida kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Granada» (2:1) klubi ustidan La Liganing 36-tur doirasida kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'tkazilgan 9 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonishda jamoa barcha a'zolarini hissasi katta, chunki, bu natijaga erishish oson emas. Bizga qarshi o'ynagan barcha klublar juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Zidan nima dedi? To'p bilan nazorat qilishni kuchaytirishimiz kerak va Rodrigo hamda Asensiolarning tezligidan foydalanishimiz kerak. Biz sabrli bo'lishimiz va to'pni yo'qotmasligimiz kerak edi. Biz oson bo'lmagan o'yinni o'tkazdik, lekin g'alaba qozonish uchun azob chekishimiz kerak edi va biz buni qildik. Muxlislar har bir uchrashuvda g'alaba qozonishimizga ishonashida, chunki, biz — «Real». Biroq, bunday emas, ko'plab raqiblar bizga qarshi yaxshi o'ynamoqda. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish oson emas. Birinchi bo'limdagi 5 daqiqani hisobga olmaganda, yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limni bunday o'tkazishni xohlamadik, bundan tashqari gol o'tkazib yuborgandik. O'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Sovrinni qo'lga kiritish uchun azob chekishimiz kerak, — Kurtuaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.

BestMaster
14 Iyul 2020, 12:30
kurtua, muxlislar, realdan, uchrashuvda, galaba, kutishadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 dowran  
Omaddddddd
14 Iyul 2020, 21:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads