Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Granada» «Real»ni xavotirga soldi, chempionlik uchun «Madrid»ga bir qadam qoldi

«Real» Ispaniya chempionatining 36-turidan o'rin olgan «Granada»ga qarshi o'yinda ikki xil bo'limda ikki xil o'yin namoyish etdi.

.
- Yuklab olish

«Real» Ispaniya chempionatining 36-turidan o'rin olgan «Granada»ga qarshi o'yinda ikki xil bo'limda ikki xil o'yin namoyish etdi.

Madridliklar uchrashuvni juda zo'r boshlashdi. Masalan, qanot himoyachisi Ferlan Mendi, kutilmaganda, ikki himoyachi orasidan yorib o'tib, jarima maydoniga kirdi va o'tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To'p darvoza to'sini va posbonning qo'llari orasidan o'tib, to'rga borib tushdi.

Oradan 6 daqiqa o'tib, Modrichdan uzatma qabul qilgan Benzema jarima maydoniga kirdi va olis burchak sari aniq zarba berib, hisobdagi farqni oshirdi.

Ikki to'p farqi Zidan shogirdlarini biroz bo'shashtirdi. Ikkinchi bo'lim boshida Machis zarbavor vaziyatga chiqdi va yaqin masofadan Kurtua darvozasini ishg'ol qildi.

O'yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida "Granada" hisobni tenglashtirish uchun juda yaqin keldi. Dastlab Ismoil Kyoybashi tomonidan yo'llangan zarbani Kurtua qaytargan bo'lsa, Azizning zarbasini Ramos chiziq ustidan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limni mana shunday xavotir va tahlika ostida o'tkazgan "Real" g'alabani saqlab qoldi. Madridliklar 16 iyun kuni "Vilyarreal"ga qarshi bo'ladigan o'yinda chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin.

Ispaniya La ligasi, 36-tur
Granada – Real Madrid 1:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – 10 Mendi, 0:2 – 16 Benzema, 1:2 – 50 Machis.
Granada – Ruy Silva, Duarte, Dias (Puertas, 46), Xerman Sanches, Fulke (Montoro, 55), Aziz, Jil Diash, Viko (Eteki, 75), Errera (Antonin, 75), Machis (Keybashi, 85), Fernandes.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Modrich, Valverde (Asensio, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Mendi (17), Duarte (46), Jil Diash (58), Kurtua (90).

BestMaster
14 Iyul 2020, 03:30
liga, «granada», «real»ni, xavotirga, soldi, chempionlik, uchun, «madrid»ga, qadam, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads