Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Granada" - "Real Madrid" 1:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida "Granada" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va Zidan shogirdlari navbatdagi finalda g'alaba qozonib, chempionlik sari dadil qadam tashlashdi. Bosh sovrin uchun yana bir qadam qoldi.

Yana bir daqiqa qoldi. Va katta ehtimol bilan "Real Madrid" juda oson boshlanib, ikkinchi bo'limi qiyin o'tgan o'yinda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi!

90+4-daqiqa. "Granada" burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Raqib jarima maydoniga darvozabon ham etib keldi, lekin to'p uzoq burchakka etkazildi, mezbonlar vakili esa buni kutmagan bo'lib chiqdi. 

90+3-daqiqa. Kurtua o'yinni so'zganligi uchun sariq kartochka oldi, Ramos va Kazemiro esa buni tabassum bilan kuzatib turishibdi.

90+1daqiqa. Modrich maydon markazida to'p oldirilgach, qoida buzish evaziga raqib hujumini to'xtatib qoldi.

O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

89-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni o'zlarida ushlab turgan holda, shoshmasdan hujumga o'tishmoqda. Bu erda tajribali futbolchilar o'zlarini ko'rsatishmoqda va raqibni shu yo'l bilan tinchlantirishga urinishmoqda.  

87-daqiqa. "Granada" futbolchisi jarima zarbasini amalga oshirayotganda, sheriklari Kazemiroga nisbatan qo'pol o'ynashdi, lekin zarba ham noaniq ketdi. SHu sababdan hakam erkin zarba belgiladi. 

Ramosning xarakteri, etakchilik qobiliyati shunday pallalarda ayniqsa seziladi. 

85-daqiqa. "Granada" ketma-ket ikki marta ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, lekin avvaliga Kurtua, keyin Ramos qaxramonlik ko'rsatib, to'pni darvozaga o'tkazishmadi. 

84-daqiqa. Mezbonlar tarkibida gol muallifi almashtirildi. Darvin Machis o'z o'rnini bo'shatib berdi.

Burchak to'pi o'yinga kiritilgach, jarima maydoni ichida bir nimalar bo'lib ketdi. Vaziyatni tushunish uchun nafaqat o'yinni bevosita ko'rish, balki takroriy lavha ham zarur bo'ladigan vaziyat bo'ldi.

80-daqiqa. "Granada" yana burchak zarbasini amalga oshiradi. Bu borada mezbonlar raqibga etib olishdi.

79-daqiqa. Raqib hujumini to'xtatgan Ramosni qoida buzib to'xtatishdi.

Hakam futbolchilarni suv ichib olishga taklif qildi. 

73-daqiqa. "Real" to'pni olib qo'yib hujumga o'tayotgandi, Mendi Kroosga uzatib, o'zi oldinga o'tmoqchi edi, ammo Zidan hamyurtidan shoshilmaslikni va yaxshisi himoyadagi nuqtasini qo'rqilashni so'radi. 

Jarima zarbasidan esa naf chiqmadi, zarba juda noaniq.

72-daqiqa. Sal qolishiga azgina qoldi. Mendi va Kazemiro raqibni o'tkazib yuborishdi va faqatgina qoida buzibgina uni to'xtatishdi. Jarima maydoniga bir qadam qolgandi, o'sha bir qadam bo'lganda penalti bo'lishi ham mumkin edi. 

70-daqiqa. Modrichning uzatmasidan so'ng Karvaxal qanchalar urinmasin to'pni to'xtata olmadi va jaxl bilan uzoqlarga tepib yubordi :)

68-daqiqa. Rodrigo qanotda raqibini aldamchi harakatlar bilan chalg'itdi va Benzemaga to'pni etkazdi, ammo Karimning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. 

Ikkinchi bo'limda o'yin ancha hujumlarga boy bo'lmoqda. Har ikki jamoa markazda uzoq qolmay, olg'a intilishmoqda. 

Federiko Valverde esa o'z o'rnini Rodrigoga bo'shatib berdi.

63-daqiqa. O'zgarish! Isko o'rniga Marko Asensio o'yinga qo'shiladi.  

60-daqiqa. Isko to'pni Kroosdan qabul qilib olgach, himoyachini chalg'itishga urinib, zarba berdi, ammo darvozabon o'z o'rnida. 

58-daqiqa. Karvaxalga nisbatan qanotda qo'pollik va Jil Diash sariq kartochka oldi.

56-daqiqa. "Granada" chindan ancha jonlandi. Ular raqib "Real Madrid" bo'lsa nima bo'pti, degandek ishonch bilan harakat qilishmoqda. Va o'z navbatida, Zidan shogirdlari bu o'yinni yutib bo'ldik, deb o'ylashgan shekilli, biroz karaxt holatga tushib qolgandek.

55-daqiqa. O'zgarish! Dimitri Fulke jarohat olib maydonni tark etdi va uning o'rnini Anxel Montoro egalladi.  

54-daqiqa. Vaziyat jiddiylashib ketayotganini tushungan "Real" to'pni olib, hujumga, raqib darvozasiga yaqinroqqa borishga qaror qildi.

52-daqiqa. Bo'lim avvalida gol urib olgan "Granada" yana va yana hujum uyushtirmoqda. 

Kazemiro kutilmaganda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni raqibga sovg'a qildi. "Granada" futbolchilarin bunday sovg'adan unumli foydalanishdi.

50-daqiqa. GOOOOOL! Machis hisobni qisqartirdi! 

48-daqiqa. Ikkinchi bo'limda ham Ferlan Mendi ancha faol. Hozir aynan u to'pni chap qanotda qabul qilib, markazga kirib bordi va o'ngroqqa uzatdi. 

46-daqiqa. Yana fol, maydon markazida Iskoga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

O'zgarish! Mezbonlar tarkibida o'zgarish 16 raqam o'rniga 10 raqamdagi futbolchi tushdi.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Ikkinchi bo'lim bir necha soniyalardan keyin boshlanadi.  

45+2-daqiqa. "Granada"ning yana bir urinishi besamar ketdi. To'p qanotdan uzatildi, lekin to'p darvozaga borib tushishni istamadi. Hakam esa burchak to'piga vaqt qolmaganini malum qildi. Tanaffus!

Lekin to'p oshirishi aniq bo'lmadi va hujum bartaraf etildi. Isko qarshi hujumga o'tib ketmoqchi edi, lekin undan to'pni olib qo'yishdi.

45+1-daqiqa. "Granada" jarima zarbasi berish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yaxshi vaziyat bo'lishi mumkin. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Qanotdan uzatilgan to'pga chiqishda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi va Isko uzoq o'ylab o'tirmay zarba berdi, lekin himoyachiga tekkan to'p yana maydon tashqarisiga ravona bo'ldi. Yana bir burchak to'pi, ammo undan naf chiqmadi.

43-daqiqa. Keyingi hujumda endi "Qirollik klubi" burchak to'pi ishlab oldi. To'p jarima maydoniga kiraverishda turgan Modrichga kelib tushdi, lekin uning zarbasi yo'liga himoyachi g'ov bo'ldi. 

41-daqiqa. O'yindagi ilk burchak to'pini mezbonlar amalga oshirdi. Lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

Har ikki jamoa qo'rqmay, ko'proq mayda to'p oshirishlar bilan o'ynayotgani sababli mayda follar ham etarlicha bo'lmoqda.  

37-daqiqa. "Real" futbolchilari raqib qanotdan to'p oshirishlarni amalga oshirib, to'pni havodan jarima maydoniga olib kirmasa, markazdan to'p oshirishlar va indiviudal harakat evaziga kirishga yo'l qo'ymayapti. 

35-daqiqa. Bir qarashda o'yin ancha xotirjam ruhda davom etayotgandek va "Granada" to'pga egalik qilish borasida raqibidan ortda qolmayotgandek, ammo "Qirollik klubi" kerak pallada mahorat evaziga niyatiga erishmoqda. 

33-daqiqa. Dani Karvaxalning oyog'ini bosib olishdi, lekin himoyachi jarohatdan qutulib qoldi.  

30-daqiqa. Toni Kroosni qo'pollik ishlatib to'xtatib qolishdi va hakam jarima zarbasidan avval futbolchilarni suv ichib olishga chaqirdi.  

29-daqiqa. O'z omadini hujumda sinab ko'rayotgan Dani Karvaxal yana zarba berdi, lekin noaniq.

27-daqiqa. Federiko Valverde maydon markazida kichik fol evaziga raqib hujumini to'xtatdi. 

22-daqiqa. Hakam Luka Modrichga nisbatan qo'pollik ishlatilganini takidlab, hushtak chaldi.

Tezda ikkita gol urib olgan "Real Madrid" juda ishonchli o'yin namoyish qilmoqda. 

17-daqiqa. Sariq kartochka. Mendi maydon markaziga yaqin joyda qo'pollik qilgani uchun sariq kartochka oldi. 

16-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzema!!! Luka Modrichning to'p uzatishidan franciyalik hujumchi unumli foydalandi.

Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ferlan katta tezlikda jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni darvozaning to'qqizligiga joylab qo'ydi. Darvozabon tushunmay qoldi chog'i.

10-daqiqa. GOOOOOL! Kazemironing to'p uzatishidan keyin Ferlan Mendi o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 

Mezbonlar hujumga o'tmoqchi bo'lishdi, ammo safga qaytgan Serxio Ramos bunga imkon qoldirmadi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va uchrashuv boshlandi!

Uchrashuv bo'lib o'tadigan "Los-Karmenes" stadionida havo-harorati 35 gradusni tashkil qiladi.  

Zidan shogirdlarini navbatdagi final kutib turibdi. Bu safar raqib "Granada". Mezbonlar uchun mavsum yakunlangan desak mubolag'a bo'lmaydi, sababi 10-pog'onadagi "Granada" qolgan uchrashuvlarda vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, na evrokuboklarga ilina oladi, na elitadan tushib ketadi.   

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum.

Granada – Real Madrid

"Nuevo Los Karmenes"

Granada – Ruy Silva, Duarte, Dias, Xerman Sanches, Fulke, Aziz, Jil Diash, Viko, Errera, Machis, Fernandes.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos, Isko, Modrich, Valverde, Benzema.

Granada

Darwin Machis - 50'

LaLiga . 36-tur

14/07/2020, 01:00

2 : 1 Tugadi

Real Madrid

Ferland Mendy - 10', Karim Benzema - 16'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jaime Latre

45' 90' 46'  Victor Diaz (Antonio Puertas)46'  Domingos Duarte50'  Darwin Machis50'  Yangel Herrera55'  Dimitri Foulquier (Angel Montoro)58'  Gil Dias75'  Fede Vico (Yan Brice Eteki)75'  Yangel Herrera (Antonin Cortes)84'  Darwin Machis (Ismail Koybasi)10'  Ferland Mendy10'  Casemiro16'  Karim Benzema16'  Luka Modric17'  Ferland Mendy64'  Isco (Rodrygo)64'  Federico Valverde (Marco Asensio)90'  Thibaut Courtois Match-senterda ochish

BestMaster
14 Iyul 2020, 03:00
liga, granada, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads