Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Granada" - "Real Madrid" 1:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida "Granada" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

55-daqiqa. O'zgarish! Dimitri Fulke jarohat olib maydonni tark etdi va uning o'rnini Anxel Montoro egalladi.  

54-daqiqa. Vaziyat jiddiylashib ketayotganini tushungan "Real" to'pni olib, hujumga, raqib darvozasiga yaqinroqqa borishga qaror qildi.

52-daqiqa. Bo'lim avvalida gol urib olgan "Granada" yana va yana hujum uyushtirmoqda. 

Kazemiro kutilmaganda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni raqibga sovg'a qildi. "Granada" futbolchilarin bunday sovg'adan unumli foydalanishdi.

50-daqiqa. GOOOOOL! Machis hisobni qisqartirdi! 

48-daqiqa. Ikkinchi bo'limda ham Ferlan Mendi ancha faol. Hozir aynan u to'pni chap qanotda qabul qilib, markazga kirib bordi va o'ngroqqa uzatdi. 

46-daqiqa. Yana fol, maydon markazida Iskoga nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

O'zgarish! Mezbonlar tarkibida o'zgarish 16 raqam o'rniga 10 raqamdagi futbolchi tushdi.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Ikkinchi bo'lim bir necha soniyalardan keyin boshlanadi.  

45+2-daqiqa. "Granada"ning yana bir urinishi besamar ketdi. To'p qanotdan uzatildi, lekin to'p darvozaga borib tushishni istamadi. Hakam esa burchak to'piga vaqt qolmaganini malum qildi. Tanaffus!

Lekin to'p oshirishi aniq bo'lmadi va hujum bartaraf etildi. Isko qarshi hujumga o'tib ketmoqchi edi, lekin undan to'pni olib qo'yishdi.

45+1-daqiqa. "Granada" jarima zarbasi berish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yaxshi vaziyat bo'lishi mumkin. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Qanotdan uzatilgan to'pga chiqishda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi va Isko uzoq o'ylab o'tirmay zarba berdi, lekin himoyachiga tekkan to'p yana maydon tashqarisiga ravona bo'ldi. Yana bir burchak to'pi, ammo undan naf chiqmadi.

43-daqiqa. Keyingi hujumda endi "Qirollik klubi" burchak to'pi ishlab oldi. To'p jarima maydoniga kiraverishda turgan Modrichga kelib tushdi, lekin uning zarbasi yo'liga himoyachi g'ov bo'ldi. 

41-daqiqa. O'yindagi ilk burchak to'pini mezbonlar amalga oshirdi. Lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'lishdi.

Har ikki jamoa qo'rqmay, ko'proq mayda to'p oshirishlar bilan o'ynayotgani sababli mayda follar ham etarlicha bo'lmoqda.  

37-daqiqa. "Real" futbolchilari raqib qanotdan to'p oshirishlarni amalga oshirib, to'pni havodan jarima maydoniga olib kirmasa, markazdan to'p oshirishlar va indiviudal harakat evaziga kirishga yo'l qo'ymayapti. 

35-daqiqa. Bir qarashda o'yin ancha xotirjam ruhda davom etayotgandek va "Granada" to'pga egalik qilish borasida raqibidan ortda qolmayotgandek, ammo "Qirollik klubi" kerak pallada mahorat evaziga niyatiga erishmoqda. 

33-daqiqa. Dani Karvaxalning oyog'ini bosib olishdi, lekin himoyachi jarohatdan qutulib qoldi.  

30-daqiqa. Toni Kroosni qo'pollik ishlatib to'xtatib qolishdi va hakam jarima zarbasidan avval futbolchilarni suv ichib olishga chaqirdi.  

29-daqiqa. O'z omadini hujumda sinab ko'rayotgan Dani Karvaxal yana zarba berdi, lekin noaniq.

27-daqiqa. Federiko Valverde maydon markazida kichik fol evaziga raqib hujumini to'xtatdi. 

22-daqiqa. Hakam Luka Modrichga nisbatan qo'pollik ishlatilganini takidlab, hushtak chaldi.

Tezda ikkita gol urib olgan "Real Madrid" juda ishonchli o'yin namoyish qilmoqda. 

17-daqiqa. Sariq kartochka. Mendi maydon markaziga yaqin joyda qo'pollik qilgani uchun sariq kartochka oldi. 

16-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzema!!! Luka Modrichning to'p uzatishidan franciyalik hujumchi unumli foydalandi.

Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ferlan katta tezlikda jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni darvozaning to'qqizligiga joylab qo'ydi. Darvozabon tushunmay qoldi chog'i.

10-daqiqa. GOOOOOL! Kazemironing to'p uzatishidan keyin Ferlan Mendi o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 

Mezbonlar hujumga o'tmoqchi bo'lishdi, ammo safga qaytgan Serxio Ramos bunga imkon qoldirmadi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va uchrashuv boshlandi!

Uchrashuv bo'lib o'tadigan "Los-Karmenes" stadionida havo-harorati 35 gradusni tashkil qiladi.  

Zidan shogirdlarini navbatdagi final kutib turibdi. Bu safar raqib "Granada". Mezbonlar uchun mavsum yakunlangan desak mubolag'a bo'lmaydi, sababi 10-pog'onadagi "Granada" qolgan uchrashuvlarda vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, na evrokuboklarga ilina oladi, na elitadan tushib ketadi.   

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum.

Granada – Real Madrid

"Nuevo Los Karmenes"

Granada – Ruy Silva, Duarte, Dias, Xerman Sanches, Fulke, Aziz, Jil Diash, Viko, Errera, Machis, Fernandes.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos, Isko, Modrich, Valverde, Benzema.

Granada

Darwin Machis - 50'

LaLiga . 36-tur

14/07/2020, 01:00

2 : 1 2-bo'lim

Real Madrid

Ferland Mendy - 10', Karim Benzema - 16'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jaime Latre

45' 90' 46'  Victor Diaz (Antonio Puertas)46'  Domingos Duarte50'  Darwin Machis50'  Yangel Herrera54'  Dimitri Foulquier (Angel Montoro)10'  Ferland Mendy10'  Casemiro16'  Karim Benzema16'  Luka Modric17'  Ferland Mendy Match-senterda ochish

BestMaster
14 Iyul 2020, 02:15
live , liga, granada, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads