Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Granada" - "Real Madrid" 0:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida "Granada" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

27-daqiqa. Federiko Valverde maydon markazida kichik fol evaziga raqib hujumini to'xtatdi. 

22-daqiqa. Hakam Luka Modrichga nisbatan qo'pollik ishlatilganini takidlab, hushtak chaldi.

Tezda ikkita gol urib olgan "Real Madrid" juda ishonchli o'yin namoyish qilmoqda. 

17-daqiqa. Sariq kartochka. Mendi maydon markaziga yaqin joyda qo'pollik qilgani uchun sariq kartochka oldi. 

16-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzema!!! Luka Modrichning to'p uzatishidan franciyalik hujumchi unumli foydalandi.

Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ferlan katta tezlikda jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni darvozaning to'qqizligiga joylab qo'ydi. Darvozabon tushunmay qoldi chog'i.

10-daqiqa. GOOOOOL! Kazemironing to'p uzatishidan keyin Ferlan Mendi o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 

Mezbonlar hujumga o'tmoqchi bo'lishdi, ammo safga qaytgan Serxio Ramos bunga imkon qoldirmadi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va uchrashuv boshlandi!

Uchrashuv bo'lib o'tadigan "Los-Karmenes" stadionida havo-harorati 35 gradusni tashkil qiladi.  

Zidan shogirdlarini navbatdagi final kutib turibdi. Bu safar raqib "Granada". Mezbonlar uchun mavsum yakunlangan desak mubolag'a bo'lmaydi, sababi 10-pog'onadagi "Granada" qolgan uchrashuvlarda vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, na evrokuboklarga ilina oladi, na elitadan tushib ketadi.   

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum.

Granada – Real Madrid

"Nuevo Los Karmenes"

Granada – Ruy Silva, Duarte, Dias, Xerman Sanches, Fulke, Aziz, Jil Diash, Viko, Errera, Machis, Fernandes.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos, Isko, Modrich, Valverde, Benzema.

Granada

LaLiga . 36-tur

14/07/2020, 01:00

2 : 0 1-bo'lim

Real Madrid

Ferland Mendy - 10', Karim Benzema - 16'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jaime Latre

45' 90' 10'  Ferland Mendy10'  Casemiro16'  Karim Benzema16'  Luka Modric17'  Ferland Mendy Match-senterda ochish

BestMaster
14 Iyul 2020, 01:30
live , liga, granada, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads