Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu "Yuventus"da qoladimi?

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Brozovich APLda?!


Milanning “Inter” jamoasi yarim himoyachisi Marselo Brozovich tez orada APL klublaridan birida ko'rinish berishi mumkin.

“Le Gazzeta Della Sport" nashrining ma'lum qilishicha, “Inter” Sandro Tonalini transferini amalga oshirish uchun Brozovichdan voz kechishi mumkin.

Manbaning ma'lum qilishicha, “Inter” o'z futbolchisining transferidan 40-50 million evro daromad qilishni ko'zlamoqda.

Eslatib o'tamiz, xorvat bilan “Everton”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Lester” singari jamoalar jiddiy qiziqib qolgan.

“Inter”ga De Paul kerak

 

Milanning “Inter” jamoasi yozda “Udineze” klubi yarim Rodrigo De Paul bilan shartnoma imzolash niyatida.

Italiya nashrlarining ma'lum qilishicha, “ko'k-qora”lar rahbarlari maydon markazini kelasi mavsumda kuchaytirish maqsadida. Shu sababli, De Paulning transferi uchun 20 million evro ajratmoqchi.

Shuningdek, 26 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Atalanta” va “Fiorentina” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Udineze” o'z futbolchisini 28 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

“Barsa” o'z uslubida

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Roma” vingeri Jastin Klyuvert bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

Taniqli “Don Balon" nashrining ma'lum qilishicha, ayni damda “Barselona” strukturasida faoliyat olib borayotgan Patrik Klyuvert o'z o'glini klubga tavsiya qilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, agar Kataloniya klubi Klyuvertlarning kichigini sotib olsa, uni yangi mavsumda ijara asosida “La Liga” klublaridan biriga qo'yib yuboradi.

“Siti” uni olib qolmoqchi

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Serhio Agueroni jamoada olib qolish niyatida.

So'nggi paytlarda Agueroning Argentinaga qaytib ketishi haqidagi mish-mishlar ko'paygan edi. Endlikda, klub o'z futbolchisini jamoada saqlab qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

“Sunday Mirror”ning ma'lum qilishicha, yangi shartnomaga ko'ra, hujumchi 2022-yilga qadar jamoa ixtiyorida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Aguero jarohat sababli APL va YChL uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi.

U ketmoqchi!

Angliyaning “Arsenal” jamoasi qanot himoyachisi Ektor Belerin o'zini transferga qo'yishlarini talab qilmoqda.

“Sky Sport"ning ma'lum qilishicha, Ektor jamoa rahbarlaridan uni qo'yib yuborishlarini iltimos qilgan. Qahramonimiz EChL musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalardan birida faoliaytini davom ettirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Myunhenning “Bavariya” jamoasi ispaniyalik futbolchi bilan aloqaga chiqqan, biroq transfer amalga oshmagan edi.

Uning narxi ma'lum

Frantsiyaning “Lill” jamoasi o'z hujumchisi – Jonatan Ikonening narxini e'lon qildi.

Unga ko'ra, klub 22 yoshli hujumchi uchun 36 million evro to'lagan klubga Ikoneni qo'yib yuborishga tayyor. “Le10sport”ning ma'lum qilishicha, ayni damda, forvord bilan “Chelsi”, “Milan” va “Tottenhem” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Jonatanning o'zi tezroq bosha chempionatga yo'l olish niyatida. Shu sababli, “Lill” uni jamoada olib qolmoqchi emas.

Ronaldu qoladi!

“Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.


“Tuttosport” nahsrining ma'lum qilishicha, portugaliyalik hujumchi o'z shartnomasi yakunlanmasdan turib Turinni tark etmaydi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Ronaldnuning o'zi shu qarorga kelgan va uning engti endilikda hech qanday shartnomalarni ko'rib chiqmaydi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda ROnaldu "A Seriya"ning 28 ta o'yinida maydonga tushdi va o'z hisobiga 28 ta gol yozib qo'ydi.

BestMaster
13 Iyul 2020, 19:30
ronaldu, yuventusda, qoladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Роналду ни статикаси даҳшат
13 Iyul 2020, 20:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads