Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning faoliyatidagi eng muhim penaltilar (top-5)

Stadion.uz portugaliyalik futbolchining faoliyatidagi eng muhim 5 ta penaltini yodga oladi.

.
- Yuklab olish

Penaltidan gol kiritish juda oson ko'rinishi mumkin, biroq zarbani aniq yo'llash uchun futbolchidan sovuqqonlik talab etiladi. Boz ustiga, bu penalti hal qiluvchi maqomga ega bo'lsa,uni aniq amalga oshirish yanada mushkul vazifaga aylanadi. Afsonaviy Roberto Badjoning yagona omadsiz ijro etgan penaltisiso'zimizga isbot bo'la oladi. Bugun boshqa bir yulduz – Krishtianu Ronaldu haqida gaplashamiz. Stadion.uz portugaliyalik futbolchining faoliyatidagi eng muhim 5 ta penaltini yodga oladi.

Angliya darvozasiga yo'llangan zarba

2006-yilda bo'lib o'tgan Jahon chempionatining chorakfinalida Portugaliya terma jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuvni ko'plab muxlislar Runi va Ronalduning janjali orqali yaxshi eslab qolgan desak, adashmagan bo'lamiz. Ushbu janjaldan so'ng, Ueyn qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Shunga qaramay, uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar cho'ziladi. Butun o'yin davomida ishonch bilan harakat qilgan inglizlar penaltilar seriyasida 4 ta zarbadan faqat bittasinigina golga aylantiradi. Portugaliya bu borada omadliroq chiqadi. So'nggi hal qiluvchi zarbani ijro etish o'sha davrdagi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshiriladi. Bu uning faoliyatidagi ilk katta bosim bo'lishiga qaramay, Ronaldu darvozabonni aldab qarama-qarshi burchakka to'pni mixlab qo'yadi. Qarabsizki, Portugaliya futbolida Figuning o'rnini Ronaldu egalladi. Bu uning hayotidagi ilk hal qiluvchi penalti bo'lib, Krish bu sinovdan munosib o'ta oldi.

“Deportivo” darvozasiga yo'llangan zarba

Ayrim istisnolarni inobatga olmasa, “Real” jamoasining deyarli barcha 11 metrlik zarbalarini Ronaldu ijro etgan. Qizig'i shundaki, Krish “qirollik klubi” safidagi ilk golini ham penalti yordamida o'z hisobiga yozib qo'yishga muvaffaq bo'ladi. 2009/10-yilgi mavsum 29 avgust sanasida “Real” “Deportivo”ni sinovdan o'tkazadi. Aynan o'sha bahsda Krish 11 metrdan aniq zarba yo'llab yangi tarix yaratadi. O'sha zarbadan so'ng, portugaliyalik futbolchideyarli 10 yil davomida Madrid superklubi safida to'p tepdi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Bu natijaga “Deportivo”ga qarshi o'yinda tamal toshi qo'yilgan edi.

“Atletiko” darvozasiga yo'llangan zarba

2015/16-yilgi mavsumning EChL final uchrashuvida ikkita Madrid klubi to'qnash keladi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlarida durang qayd etilgani bois, barchasi penaltilar seriyasiga ko'chadi. “Matraschilar” birin-ketin aniq zarbalar bilan “Real” darvozasini ishg'ol qilishni boshla yuboradi. “Qirollik klubi”ham o'z navbatida munosib javob qaytaradi. Shunga qaramay, Xuanfranning zabrasi to'singa tegib ortga qaytadi. Qarabsizki, Ronalduning zabrasi EChL oltin medallarini hal qiluvchiga aylanadi. Doimo finallarda o'zini yaxshi namoyish etuvchi Krish bu safar ham nishonda adashmadi. “Real” aynan Ronalduning aniq zarbasidan so'ng, yana 2 bor EChLda zafar quchadi va bu borada mutlaq rekord o'rnatadi.

PSJ darvozasiga yo'llangan zarba

Aslida, bu u qadar muhim bo'lmagan penalti. U hech qanday muhim statistika yoki ramziy ma'noga ega emas. Shunchaki, zarbaning texnikasi uzoq muddat muxlislarda katta qiziqish uyg'otgan. E'tibor qarating, zarba yo'llashdan oldin tayanch oyog'ini shu qadar maydonga qattiq bosdiki, to'p hiyla o'rnidan qo'zg'aldi va Krish aynan shu lahzada darvozaga zarba yo'lladi. Bir qarashda oddiy vaziyat, biroq aynan shu 11 metrlik zarba uzoq muddat ekspertlarning asosiy mavzusia aylangan.

“Yuventus” darvozasiga yo'llangan zarba

2017/18-yilgi mavsum. EChLning chorak finalbosqichi. “Qaymoqranglilar” mehmonda “Yuventus” ustidan 0:3 hisobida g'alaba qozonishgan, Ronaldu esa o'zining afsonaviy goli bilan Turin muxlislarini hayratda qoldirgan edi. Oradan bir necha kun o'tib “Yuventus” Italiyaga tashrif buyuradi va kutilmaganda asosiy vaqtning o'zidayoq 3 ta gol kiritib,vaziyatni o'zi tomon og'diradi. Barchasi penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan bir paytda, Lukas Vaskes penalti ishlab oladi. To'g'ri, bu ancha bahsli vaziyat edi, lekin hakam 11 metrlik zarbaga ishora beradi. Buffon hakamga e'tiroz bildirgani uchun qizil kartochka olib maydoni erta tark etdi va uning o'rnini Shchesni egalladi. “Santyago Bernabeu” o'rnidan turgan va Ronalduning zarbasini kutmoqda. Krish har doimgidek shoshilmay to'p oldiga keldi va darvozabonlar uchun “olib bo'lmas” qilib o'ng tomonga kuchli zarba yo'llaydi va gol. “Real” keyingi bosqichda!

BestMaster
12 Iyul 2020, 14:30
ronalduning, faoliyatidagi, muhim, penaltilar, top-5,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
Crishtiano
 Crishtiano  
Daxwatuu
12 Iyul 2020, 15:14
Crishtiano
 Crishtiano  
Daxwatuu
12 Iyul 2020, 15:15
 u7777u  
Ха
12 Iyul 2020, 17:23
 u7777u  
Туғири
12 Iyul 2020, 17:24
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads