Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real»ning chempionligiga 2 qadam qoldi

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Alaves"ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Alaves"ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

"Alaves" bahsning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishga juda yaqin keldi. Mendes chap qanotdan etkazgan Peres bosh bilan zarba berdi. To'p esa to'singa tegib qaytdi. Qaytgan to'pga mehmonlar futbolchisi bosh bilan yana zarba berdi. Bu safar Varan chiziq ustida jamoasini goldan qutqardi.

Bahsning 11-daqiqasida "Alaves" darvozasi tomon penalti belgiladi. Navarro o'z jarima maydoni ichida Mendiga nisbatan ehtiyotsiz harakat qildi va raqibini yiqitdi. 11 metrli jarima zarbasini Benzema aniq amalga oshirdi. Jamoa penaltichisi Serxio Ramos bugungi o'yinni diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yubordi.

Tanaffusga qadar mehmonlar 2ta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Birinchisida Kurtua ajoyib namoyish etgan bo'lsa, ikkinchi holatda "Alaves" futbolchisi qulay vaziyatdan aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalari madridliklar uchun omadli keldi. Rodrigoning chiroyli uzatmasidan keyin Benzema darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, yanada qulayroq vaziyatdagi Asensioga pas berdi. Marko darvozaning bo'sh qolgan qismini osongina ishg'ol qildi.

O'yin  oxiriga qadar jamoalarda golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi, ammo darvozabonlar ancha ishonchli harakat qilishgani uchun hisob boshqa o'zgarmadi.

Mazkur g'alaba tufayli "Real" o'z ochkolarini 80taga etkazib, mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida "Barselona"dan 4 ochko oldinda bormoqda. Yana 2ta g'alaba Zidan jamoasini La liga chempioniga aylantiradi.

Ispaniya chempionati, 35-tur
"REAL" - "ALAVES" - 2:0 (1:0)
Gollar: Karim Benzema (11-penalti), Marko Asensio (50)
Real Madrid – Kurtua, Varan, Militao, Mendi, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 70), Asensio (Vinisius Junior, 70), Kazemiro (Braim Dias, 90), Rodrigo (Isko, 82), Benzema (Azar, 82).
Alaves – Roberto, Eli, Laguardia, Marin, Ximo Navarro (Agirregabiria, 23), Mendes (Sayns, 68), Feysa (Maxmud, 55), Berk, Kamarasa, Lukas Peres (Rioxa, 55), Xoselu (Rodriges, 69).

BestMaster
11 Iyul 2020, 03:00
liga, «real»ning, chempionligiga, qadam, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads