Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

O'tkazib yubormang! Bugun EChLga qur'a tashlanadi

Bugun, 10 iyul kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida Evropa chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Bugun, 10 iyul kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida Evropa chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Marosimga oid muhim ma'lumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

Qachon?
Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

Ishtirokchi jamoalar

To'rtta jamoa chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan:

"Atalanta" (Italiya)
"RB Leyptsig" (Germaniya)
"PSJ" (Frantsiya)
"Atletiko" (Ispaniya)

Yana 4ta jamoa nomi nimchorak final javob o'yinidan keyin aniqlanadi:

"Chelsi" (Angliya) / "Bavariya" (Germaniya)
"Napoli" (Italiya) / "Barselona" (Ispaniya)
"Real" (Ispaniya) / "Manchester Siti" (Angliya)
"Lion" (Frantsiya) / "Yuventus" (Italiya)

Qur'a tartibi

Birdaniga 3ta bosqich — chorak final, yarim final va final (nominal mezbonni aniqlash uchun) uchun qur'a tashlanadi.

Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi;
Bir mamlakat vakillari o'zaro to'qnash kelishi mumkin.

Uchrashuvlar qaerda o'tkaziladi?

Chorak final, yarim final va final o'yinlari avgust oyida "sakkiz finalchi" formatida Lissabonda o'tkaziladi. Har bir bosqich bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi. Uchrashuvlar "Eshtadiu du Benfika" (bu arena finalni ham qabul qiladi) va "Joze Alvalade" stadionlarida bo'lib o'tadi.

Taqvim

7-8 avgust: nimchorak finalning javob o'yinlari
12-15 avgust: chorak final (Lissabon)
18-19 avgust: yarim final (Lissabon)
23 avgust: final ("Eshtadiu du Benfika", Lissabon)

BestMaster
10 Iyul 2020, 07:00
otkazib, yubormang!, bugun, echlga, qura, tashlanadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads