Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlar (top-5)

.
- Yuklab olish

Aslida ayni damga kelib allaqachon EChL musobaqasi yakun topgan, Evropa chempionati ajv pallasiga kirgan bo'lishi lozim edi. Ushbu musobaqalar katta ehtimol bilan “oltin to'p”ning taqdirini hal etishi lozim bo'lgan bir vaqtda pandemiya barchasini barbod qildi. Yuzaga kelgan muammo sababli evrokuboklar kichik turnir rejimida yakunlanadigan ko'rinadi. Evropa chempionatining kelasi yilga qoldirilishisababli, ushbu kichik turnir g'olibi “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar bo'lishi mumkin. Shunday ekan, Stadion.uz nufuzli sovrin uchun asosiy da'vogar bo'lib turgan futolbolchilar beshligini taqdim etadi.

Lionel Messi (“Barselona”)

Leoni hech qachon yoddan chiqarmaslik lozim! U har qanday holatda ham “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar bo'lib qolaveradi. Uning er yuzida millionlab muxlislari mavjud. Aynan shu muxlislarning bosimi vaziyatni argentinalik futbolchining foydasiga hal etishi hech gap emas. O'tgan mavsumda Leo EChLda zafar quchmasada, Kopa Amerika musobaqasida omadsizlikka uchrasada oltinchi bor sovrinni qo'lga kiritgani yodingizda ko'tarilmadimi? Vaholanki, Virjil Van Deyk o'sha yili Leoni maydonda mag'lub etgan edi. Bu omil Messini so'rovnomada g'olib chiqishiga to'sqinlik qilgani yo'q. “Barselona”ning Ispaniya chempionligi sari qadamlari tobora sekinlashib bormoqda, biroq Evropa chempionlar ligasidagi zafarli yurishdan umid uzilgani yo'q. Shu sababli, agar “Barselona” Primerodagi bor alamini Evropa yashil maydonlariga to'ksa, katta ehtimol bilan Leo 7-bor ushbu sovringa ega chiqadi.

Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”)

Ronalduning yoshi o'tib bormoqda, biroq bu narsa maydonda sira sezilayotgani yo'q. Qahramonimiz yuqori darajada professionallikni yo'qotganicha yo'q. Kuchni to'g'ri taqsim qilish orqali Ronaldo mavsumni bir tempda o'tkazishga muvaffaq bo'lmoqda. Boz ustiga, yuzaga kelgan pauzadan Ronaldu zarar ko'rgani yo'q. U sport formasini yaxshi saqlab qolgan. Tan olish lozim, Ronaldu muhim uchrashuvlarda doimo o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oladi. Kichik turnir shaklida o'tkazilgan musobaqada “Yuventus” bor kuchi bilan oldinga intilsa, KriRo “oltin to'p”lar borasida Messi bilan tenglashib olishi hech gap emas.

Shunga qaramay, “Yuventus” avvaliga “Lion” to'sig'idan o'tib olishi lozim. E'tiborli shundaki, “Lion” jamoasi milliy chempionat to'xtatilgani bois, allaqachon sport formasini to'liq boy berib bo'lgan. Jamoa ichki muhiti ham havas qilarli darajada emas. Umuman olganda, “Yuventus” Lissabonga ko'chib o'tishi uchun “Lion” ortiqcha qarshilik ko'rsata olmasa kerak. Agar Turin superklubi kichik musobaqa ishtirokchisiga aylansa, Ronaldu o'zi uchun qadrdon maydonda “oltin to'p” va EChL oltin medali uchun chinakam kurash olib boradi. Tug'ma jangchi bo'lgani bois, Krish istalgan og'ir uchrashuvni ham bir o'zi hal etishi hech gap emas. Portugaliyalik futbolchi yangi yildan so'ng, 18 ta o'yinda ishtirok etdi va 18 bor raqib darvozalarini ishg'ol qildi. Bundan ko'rinib turibdiki, Krish o'zining optimal formasiga kirib bo'ldi. Messi bilan o'rtadagi hisob-kitobni tenglashtirish uchun “Yuventus” EChLda “Barselona”dan uzoqroq borishi ham kifoya qilishi mumkin. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”)

Yurgen Klopp “Yuventus” va “Barselona”ning EChLdagi imkoniyatlarini “Manchester Siti” va “Bavariya”nikidan ancha past hisoblashini yashirib o'tirmayapti. Darhaqiqat, Seten va Sarrining jamoalarida ichki muhit havas qilib bo'lmaydigan ahvolda. Bundan tashqari, bu murabbiylarda EChL borasida hech qanday tajriba mavjud emas. Seten murabbiylik faoliyati davomida bu musobaqada ishtirok ham etmagan.

Bejizga “Manchester Siti” jamoasi alohida qayd etilmayapti. “Siti” APL poygasida ikkinchi bo'lgach, bor kuch va motivatsiyani Evropani zabt etishga qaratishi turgan gap. Gvardiola o'z shogirdlariga o'z uslubini mukammal bir alpozda singdirib bo'ldi. Endi ular o'rganganlarini amalda namoyish etishsa, bo'lgani.

Ajoyib yarim himoyachi, hujum boshlovchi, kreativ ijodkor va so'nggi paslar ustasi sanalmish Kevin De Bryuyne “Siti”ning bugungi kundagi chinakam etakchisi sanaladi. Agar Gvardiola uzoq kutilgan sovrinini boshi uzra ko'tarsa, “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar belgiyalik futbolchi bo'lishi hech gap emas. Dunyoning eng kuchli pleymeykeri “oltin to'p”ga munosib, faqat buni amalda ko'rsatish kerak.

Robert Levandovski

Robert shunchaki fantastik mavsum o'tkazmoqda. 43 ta uchrashuv va 51 ta gol. Yangi yildan so'ng, 18 ta o'yinda 21 bor raqib darvozalarini ishg'ol qilgan polyak o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda. Ayni damda ko'plab ekspertlar Robertni “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar deb e'lon qilmoqda. Shunday bo'lsada, Robert avgust oyida qanday formada bo'ladi? “Bavariya” klubi-chi? Gap shundaki, tez orada Myunxen klubi ta'tilga chiqib ketadi. EChL uchrashuvlariga qadar orada bir oy bo'shliq paydo bo'ladi. Aynan shu vaqt Robertning o'yiniga ta'sir ko'rsatmasa, polshalik futbolchi juda uzoq kutgan sovrinini o'ziniki qilib olishi hech gap emas.

Serxio Ramos (“Real Madrid”)

Bilasizmi, bu mavsumda himoyachilardan yana biri sovringa ega chiqishi mumkin. Shunday bo'lsada, Ramos bu ro'yxatda autsayder bo'lib turibdi. Barchasi so'nggi turlarga kelib tamomila o'zgarib ketishi mumkin. Uning “Real” bilan chempion bo'lishi vaziyatni Ramosning foydasiga hal etishi mumkin. Ramos bu mavsumda umumiy hisobda 12 ta gol kiritgan bo'lib, chempionlik uchun kurashda katta rol ijro etmoqda. To'g'ri, “Real” o'z uyida “Manchester Siti”ga o'yinni boy berdi, biroq Zidan qiyin vaziyatlardan chiqib ketish borasida chinakam professional. Katta ehtimol bilan Kevin va Serxiolardan biri “oltin to'p” uchun kurashdan chiqishiga to'g'ri keladi. Sababi, EChLning hal qiluvchi o'yinlarida Kevin yoki Ramoslardan biri ishtirok etishi lozim.

BestMaster
9 Iyul 2020, 07:30
«oltin, top», uchun, asosiy, davogarlar, top-5,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Lukas  
Ramos Yoki Ronaldu Oladi
9 Iyul 2020, 12:04
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads