"Real" hujumchisi Luka Yovich koronavirus yuqtirgan bo'lishi mumkin. Shu munosabat bilan u karantinga olindi.
Jurnalist Xosep Pedrerol tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchining do'stida koronavirus aniqlangan bo'lib, Yovich shu kunlarda uning uyiga borgan edi. Shu bois, Luka ehtiyot yuzasidan karantinga olindi.
Hujumchining o'zi ham test topshirdi va uning natijasi manfiy chiqdi. Shunga qaramay, u ikki hafta davomida karantin muddatini o'taydi.