Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi: “Agar Ronaldu bo'lmaganida…”

Taniqli Esqiure nashri Lionel Messi tomonidan yangragan eng mashhur iqtiboslarni e'lon qildi. Stadion.uz Messining “oltinga teng” so'zlarini o'z o'quvchilariga ilinadi.

.
- Yuklab olish

Taniqli Esqiure nashri Lionel Messi tomonidan yangragan eng mashhur iqtiboslarni e'lon qildi. Stadion.uz Messining “oltinga teng” so'zlarini o'z o'quvchilariga ilinadi.

Men uchun mening oyoqlarim so'zlaydi!

***

Men bor yo'g'i futbol bilan shug'ullanman xolos. Futbol bu ko'pchilik uchun ko'ngilochar sport turi, biroq u men uchun eng sevimli mashg'ulot bo'lib qolaveradi.

***

12 yoshimdan beri Kataloniyada istiqomat qilman. Shunday bo'lsada, bu meni argentinalik bo'lishdan to'sib qo'ygani yo'q!

***

O'ylashimcha, menda ego yo'q. Hozircha, u o'zini namoyish etgani yo'q.

***

Pele, Maradona va Di Stefanolarnijuda hurmat qilaman. Shunday bo'lsada, ular bilan meni hozir solishtirishlarini istamayman. Bu mavzu haqida butsalarimni mixga ilgach so'zlashamiz.

***

Yoshlik chog'imdan beri sokin hayot tarzini hush ko'raman. Deyarli barcha vaqtni futbolga bag'ishlayman. Yoshlik chog'imda ham do'stlarim har kuni ko'chaga chiqishimni iltimos qilar, biroq ularni doimo rad etganman. Sababi, ertaga mashg'ulotim borligi uchun erta uyquga yotishga majbur edim. Yillar o'tdi, biroq hech narsa o'zgargani yo'q. Do'stlarim meni hali-hamon ko'chaga chaqirshadi, biroq ertaga futbol uchrashuvi borligi sababli uyda qolishni avzal ko'raman.

***

Fidoylik va iqtidor doimo birga bo'lishi lozim.

***

Agar har kuni yangi narsani o'zlashtira olganingda, hayot yanda qiziq va rangli ko'rinish olgan bo'lar edi.

***

Men o'z yutuqlarimni hech narsa bilan solishtirmayman. Kecha erishgan yutuqlaring o'tmishda qoldi. Endi ertangi kun haqida bosh qotirishga majbursan. O'tib ketgan narsalar haqida bosh qotirish uchun vaqt yo'q. Hayot juda jadallik bilan oldinga qadam tashlamoqda. Futboldan ketgach, erishgan yutuqlarim haqida o'ylashga etarlicha vaqtim bo'ladi.

***

Sovrinlar juda yoqimli, biroq ular meni emas, jurnalistlarni ko'proq qiziqtiradi.

***

Men o'zim kiritgan eng chiroyli golni tanlay olmayman. Men ularni chiroyli-xunukka emas, muhim yoki befoyda ajrataman. Misol uchun finalda urgan gollarning barchasi muhim bo'ladi.

***

Har bir uchrashuvda juda yaxshi o'tkazishga harakat qilaman. Xuddi finalda to'p tepayotgandek!

***

Hayotda g'alaba va mag'lubiyatdan ham muhimroq narsalar juda ko'p.

***

Ota bo'lish dunyoga o'zgacha ko'z bilan boqishga majbur qiladi. Kecha sening millionta qilishing kerak bo'lgan vazifang bor edi. Bugun o'g'ling ularning barchasidan ustunroq!

***

Qachonlardir sen o'zingga o'zing : “Hech narsa tinmay g'alaba qozonishi mumkin emas!” deb ayta olishing kerak.

***

Pul meni yahshiroq futbol namoyish etishga majbur qila olmaydi. O'zimni hali-hamon to'pni onasidan berkitib ko'chaga olib chiqib ketgan bolakaydek his etaman. Qachonki shu his meni tark etadi va o'sha kuniyoq futbolni butkul tark etaman.

***

Agar menga professional futbolchi sifatida pul to'lanmay qo'yilsa, men tekinga ham hozirgi tempda futbol namoyish etaveraman.To'g'ri, pul yashash tarzingni qulaylashtiradi, biroq u futbolni yanada yaxshiroq o'ynashi uchun turtki bo'lmaydi. Men shu sababli futbolchilik faoliyatini omadli davom ettiryapman deb hisoblayman. Agar pul mening uchun muhim bo'lganida, allaqachon kuchsizroq chempionatga yo'l olgan bo'lar edim.

***

Menga o'zgacha soch turmagi yoki ko'rkam tananing keragi yo'q. Shunchaki, oyoqlarim ostiga to'pni tashlang! Men nimalarga qodir ekanligimni namoyish etib beraman.

***

Menimcha Ronalu ajoyib futbolchi. Unga hech qachon hasad qilmaganman. Agar Ronaldu bo'lmaganida, men uni quvib o'tishga harakat ham qilmas edim. Shunday ekan, Ronaldu bo'lmaganida men bir erda qotib qolgan bo'lar edim.

***

Dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lishdan ko'ra, yaxshi inson bo'lish haqida ko'proq bosh qotiraman. Aks xoldam futbolchilik faoliyatim yakunlangach, atrofimdagilar oldida mening qanday qadrim qoladi? Meni fantastik futbolchi emas, yaxshi inson sifatida xotirlashlarini istayman.

***

Meni izlanishga majbur qiluvchi omillar juda ko'p. Masalan hali-hamon ikki oyoqda ham bir hil to'p surishni istayman.

***

Argentina – bu faqat Messi emas!

***

Hayotimdagi eng alamli kun – bu endi bundan kuchliroq bo'lishning iloji yo'q ekanligini his etgan kunim!

BestMaster
7 Iyul 2020, 15:00
messi, “agar, ronaldu, bolmaganida…”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 dowran  
Ajoyib juda ajoyib ozim real muhlisi bosamam messining shu xarakterini hurmat kilaman messi omad futboldadam.xayotindadam omad
7 Iyul 2020, 16:56
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads