Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Uesli katta futbolga qaytadimi? Bu qanchalar to'gri qaror?

Yaqindagina Aren Robben futbolchilik faoliyatini Gollandiyada tiklaganidan xabaringiz bor. Bugun kutilmaganda g'arb nashrlari Ueysli Sneyderning ham katta futbolga qaytishi borasida mish-mishlarni e'lon qilishni boshladi. Xo'sh bu qarordan kim uchun qanday foyda yoki zarar? Stadion.uz shu mavzu haqida fikr almashadi.

.
- Yuklab olish

Yaqindagina Aren Robben futbolchilik faoliyatini Gollandiyada tiklaganidan xabaringiz bor. Bugun kutilmaganda g'arb nashrlari Ueysli Sneyderning ham katta futbolga qaytishi borasida mish-mishlarni e'lon qilishni boshladi. Xo'sh bu qarordan kim uchun qanday foyda yoki zarar? Stadion.uz shu mavzu haqida fikr almashadi.

Yaqindagina Sneyder o'zi tug'ilib o'sgan Utrext shahridagi klub ofisiga tashrif buyurdi. Avvaliga bu voqea hech kimni hayron qoldirmagani rost, biroq “Utrext” klubi sport direktori Snayderning jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishgani haqida rasman ma'lumot berdi. To'g'ri, bu mashg'ulotlardan asosiy maqsad sog'liqni tiklash, lekin Yordi Zaydam (sport direktori) ish yanada jiddiylashib ketishi mumkinligiga sha'ma qilib o'tdi.

Gollandiyalik futbolchi Robbenning futbolga qaytganidan ta'sirlanib ketgan ko'rinadi. Ikkisi ham 35 yoshda futbolni tark etgan edi, biroq ikki hil uslubda.

Tan olish lozim, Robbenning futbolni tark etishi kutilmagan va mantiqsiz bo'lgan edi. Aren ajoyib formada va tezligini ham yo'qotmagan edi. Shu sababli, u yana kamida bir bor Bundesliga g'olibligini qo'lga kiritishi mumkin edi. Sneyder esa undan farqli o'laroq chinakamiga futbolchilikdan ketgan edi. Qatarning “Al-G'arafa” safidagi o'rtacha mavsum, ortiqcha vazn va shaxsiy biznes. Barchasi Sneyderning butsalarini mixga ilishi bilan yakunlangani hech kimni hayron qoldirgani yo'q.

Tengdosh futbolchilar bu yilni tamomila ikki hil o'tkazishdi. Robben ortga qaytish haqida bosh qotirgancha o'z jismoniy holatini ushlab turishga urungan bo'lsa, Sneyder muxlislardan qochish payida bo'ldi. Darhaqiqat, u ortirgan 25 kg ortiqcha vaz sababli tanib bo'lmas ahvolga kelib qolgani uchun ham ommadan qochish payida bo'ldi. 170 sm bo'yga ega bo'lishiga qaramay, allaqachon 100 kg vazn to'plagan sobiq futbolchi nima uchun yana mashg'ulotlarga qaytdi? Katta ehtimol bilan u o'z sport formasini tiklab olishni va shu yo'sinda o'zi haqida yana bir bor muxlislarga eslatib qo'ymoqchi bo'lgan bo'lsa, ajab emas.

Xo'sh buguni “Utrext” klubiga Sneyder kerakmi? Tan olish lozim Snayderning bunday ko'rinishda “Utrext” jamoasiga keragi yo'q, biroq agar u vazn tashlashga muvaffaq bo'lsa o'ylab ko'rish mumkin. Bugungi “Utrext”ning tarkibni chakki emas. Jamoada Yanssen va Adam Maher singari nomdor “qariyalar” to'p tepmoqda. Bu yigitlar orasiga yana bir tajribalifutbolchi kelib qo'shilishi foydadan holi bo'lmasligi turgan gap. Shunday bo'lsada, Sneyder jamoani har tomondan xursand qiladi deyishdan yiroqmiz. Afsuski, u singari katta kalibrdagi futbolchilar shunchaki “rahmat” uchun maydonda ter to'kmaydi.

Robben “Groningen” uchun maydonnda hamnimadir bera olishi mumkin, biroq Sneyder mashhurlikdan boshqa deyarli hech narsa berishga qodir emas. Boz ustiga, “Utrext” ayni damdagi Gollandiyaning eng o'rtamiyona klublaridan biri sanaladi. Shu sababli, klub Sneyderga shartnoma taklif qilishdan oldin hisob raqimidagi pullarni ko'zdan kechirishi talab etiladi. To'g'ri, Sneyderning “Utrext”da ko'rinish berishi muxlislar uchun chinakam sovg'aga aylanadi, biroq bundan klub hech narsa yutmaydi. Kelasi mavsumda ham katta ehtimol bilan o'yinlar muxlissiz o'tkaziladi. Shunday ekan, abonamentlardan umidni uzsa ham bo'ladi. Katta ehtimol bilan Uesli futbolchilik faoliyatini qayta tiklmaydi.Uning mashg'ulot o'tkazish uchun “Utrext”ga tashrifini golland nashrlari biroz bo'rtirib ko'rsatmoqda. Gollandiyalik futbolchining o'zi barchasini juda yaxshi anglab turibdi.

P.S Qizig'i shundaki, Robin Van Persi, Dirk Kuyt yoki Rafael Van Der Vartlardan biri ham futbolchilikka qaytishga qaror qilmaydi deb kim kafolat beradi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

BestMaster
7 Iyul 2020, 11:30
uesli, katta, futbolga, qaytadimi?, qanchalar, togri, qaror?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads