Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xames arzimagan narxga «Real»ni tark etishi mumkin

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges joriy mavsum so'ngida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

.
- Yuklab olish

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges joriy mavsum so'ngida boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Madridliklar bir yildan erkin agentga aylanadigan 28 yoshli futbolchini sotib yuborishga tayyor.

Shu bois, «Qirollik klubi» taxminan 25 mln evroga uni sotib yuborishni ko'zlamoqda, deya xabar tarqatdi "Marca" nashri.

«Atletiko» va «Napoli» klublari o'tgan yilning yozida Xames uchun 45-50 mln evro taklif qilishgan edi, ammo "qaymoqranglilar" bunday takliflarga rad javobini bergan edi.

Hozirda esa kolumbiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Everton» va «Vulverxempton» klublari qiziqish bildirishmoqda.

Agar Xames «Santyago Bernabeu»da yana bir mavsum qolishiga to'g'ri kelsa, jamoa uning maoshini kamaytirishga harakat qiladi. Xames "Real"da 7 mln. evro yillik maosh olmoqda.

BestMaster
6 Iyul 2020, 23:30
xames, arzimagan, narxga, «real»ni, tark, etishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads