Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Atletik" - "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 34-turi doirasida "Atletik Bilbao" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

O'yinning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

"Real Madrid" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Raqiblariga esa sabr tilab qolamiz.

Bo'ldi, shu pallada o'yin yakunlandi. "Real Madrid" o'ta qiyin g'alabani qo'lga kiritdi va navbatdagi muhim uch ochkoga ega bo'ldi. 

90+6-daqiqa. Maydonda janjal boshlanib ketdi. Futbolchilar bir-birlarini turtib yurishibdi. Modrichga nisbatan Munyain qo'pol o'ynagandi. Karvaxal darhol javob berdi.  

90+5-daqiqa. Futbolchilar Zidanga 1ta to'p farqi bilan yutamiz deb vada berishgan shekilli, yaxshi imkoniyat bo'lishiga qaramay, oldinga o'tishni istashmadi. 

90+4-daqiqa. O'zgarish. Benzema o'rniga Luka Yovich o'yinga qo'shildi.  

90+3-daqiqa. Kazemiro jamoa sardoridan qolishmaslikka qaror qildi. Maydon markaziga yaqin hududda keskin harakati uchun sariq kartochka bilan "siylandi". 

90+2-daqiqa. Sariq kartochka. Serxio Ramos ogohlantirildi va keyingi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.  

90+1-daqiqa. Mezbonlar ketma-ket ikki bor burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Biroq bundan naf chiqmadi.  

O'yinnnig asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. "Atletik" goh u qanotdan, goh bu qanotdan oldinga o'tishga harakat qilyapti. Lekin ish zarbagacha etib bormayapti.  

87-daqiqa. Kroos bilan kombinaciya amalga oshirgan Karim Benzema qulay vaziyatdan zarba berdi, Unay Simon o'z o'rnida. 

86-daqiqa. Raqibni to'psiz yugurishga majbur qilgan "Real" oxiri bo'sh hudud topa oldi, Modrich oldinga o'tdi va jarima maydoniga kirib kelayotgan Toni Kroosga to'pni uzatdi, ammo germaniyalik eta olmadi.  

85-daqiqa. O'zgarish. Fede Valverde o'rniga maydonga Toni Kroos tushdi.

84-daqiqa. Himoyadagi xatodan so'ng "Real" darvozasi oldida yana xavfli vaziyat yuzaga keldi. Lekin Modrich va Ramos jon holatda qarshilik ko'rsatishi oqibatida "Atletik" futbolchisining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

83-daqiqa. Kazemiro "podkatda" zo'r o'ynadi va zarba berishga tayyorlanayotgan raqib rejalarini buzib yubordi. 

81-daqiqa. Vinisius chap qanotdan oldinga oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin omadi chopmadi. 

79-daqiqa. Endi "Atletik Bilbao" oldinga borishdan boshqa chorasi qolmadi. Mezbonlar yaxshi hujum tashkillashtirdi, ammo oxirgi pasda xatoga yo'l qo'yildi.

Ha, Serxio Ramos yana gol urdi. Bu borada u nafaqat bazi hujumchilar, balki klublardan ham samaraliroq o'yin ko'rsatmoqda.    

76-daqiqa. Hakam futbolchilar chanqoqlarini qonldirib olishlari uchun imkoniyat yaratib berdi. 

74-daqiqa. Ramos endi o'zi sal qolsa penaltti belgilanishiga sababchi bo'lishi mumkin edi. Lekin hakam jim.  

Sardor aniq zarba berdi va darvozabon qanchalik urinmasin, to'pga eta olmadi!

72-daqiqa. GOOOOOL! To'p oldida Ramos, zarba va gol!  

71-daqiqa. Hakam takroriy lavhani ko'rdi va qoida buzilgan deb topdi.  

69-daqiqa. PENALTI! "Real" ketma-ket hujum qildi va zarba berishga harakat qildi, lekin maqsadiga eta olmadi. Kirishlarning birida Marseloga nisbatan qoida buzildi va penalti.  

67-daqiqa. Raul Garsiya yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, lekin zarbani cho'zib yubordi.

65-daqiqa. Benzema qanotga o'tib oldi, aynan uning uzatmasidan keyin jamoadoshi zarba berishga urinib ko'rdi, lekin to'p juda noaniq ketdi. 

64-daqiqa. O'zgarish. Mezbonlar tarkibida o'zgarish. Unai Lopes o'rniga Mikel Vesga o'yinga qo'shilgan bo'lsa, Inigo Kordobani Oskar de Markos almashtirdi.   

62-daqiqa. "Real" yana burchak zarbasi ishlab oldi. Luka Modrich zarbani amalga oshirib berdi, to'p Ramosga etib bordi, lekin ispaniyalikning zarbasi kuchsiz va biroz noaniq chiqdi.

60-daqiqa. O'ng qanotda Rodrigo Valverde bilan o'zaro tushunib harakat qilishdi va braziliyalik yaxshi vaziyatga chiqib bordi, lekin oxirgi zarbani berishga ulgurmadi. 

59-daqiqa. Militao-Uilyams qarama-qarshiligi davom etadi. Va yana hujumchi o'yin qoidasini buzdi. 

57-daqiqa. "Atletik" futbolchilari ham imkon tug'ilsa hujum uyushtira olishlari, kombinacion o'yin ko'rsatishlarini namoyon qilishdi. 

55-daqiqa. Hujumga qo'shilgan Ramos yo'l-yo'lakay raqibining boshiga urib ketgani malum bo'ldi. To'p "Atletik" futbolchilariga o'tdi.  

54-daqiqa Mehmonlar ko'pchilik bo'lib oldinga o'tib ketganidan "Atletik" foydalanishi mumkin edi. Lekin qanotdan uzatilgan to'pga Tibo Kurtua chiqib kelib, xavfni bartaraf etdi.  

53-daqiqa. "Real Madrid" o'yindagi birinchi bor burchak to'pini amalga oshiradi.

51-daqiqa. "Real" ikkinchi bo'limda faolroq o'ynashga intilmoqda. Hujum ketidan hujumlar, to'p oldirib qo'yilgan vaziyatda darhol futbolchilar kurashga kirishmoqda. Mezbonlar esa hamon juda hotirjam o'ynashmoqda. 

50-daqiqa. "Atletik" hujumga o'tdi, Karvaxalning yiqilib tushgani sabab hujum yanada xavfli tus olishi mumkin edi, lekin jarima maydoniga oshirilgan to'pni Kazemiro qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu vaziyatda Rodrigo himoyaga kelib yordamlashganini ham alohida takidlash lozim. 

49-daqiqa. Yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin edi. Avvaliga Karim Benzema to'pni qabul qildi, lekin zarba bera olmagach, Modrichga oshirdi, lekin kech qolgandi.  

48-daqiqa. Maydon markzida Serxio Ramos raqibdan chaqqonroq harakat qilib to'pni olib qo'ydi, lekin oyog'idan zarba qabul qilib oldi. 

47-daqiqa. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi "Real Madrid" to'pga ko'proq egalik qilmoqda va raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda. Hujumni Luka Modrich uncha kuchli bo'lmagan zarbasi bilan yakunladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Sariq kartochkalari ko'payib ketgani sabab keyingi o'yinni o'tkazib yuboradigan Raul Garsiya hali ham o'sha vaziyatdan norozi. U atayin raqibining oyog'ini bosmaganini tribuna osti-yo'lakchasida Kurtuaga tushuntirishga harakat qilib ko'rdi, lekin nima foyda. 

SHu tariqa, birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi - 0:0. 

To'p jarima maydoniga oshirildi, lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

45+2-daqiqa. To'p bayroqcha qotirilgan tayoqchaga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Taymdagi birinchi burchak to'pi! 

45+1-daqiqa. Marko Asensioning ajoyib uzatmasidan so'ng Karim Benzema yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, boshi bilan zarba berishga intildi, biroq to'p darvozaga borishni istamadi.   

Bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi!

Birinchi bo'limda Federiko Valverde maydonda ko'rinmagandek. 

43-daqiqa. Bu safar ham "qaymoqranglilar" raqibni tezkor qarshi hujumga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi.  

42-daqiqa. Kazemiro to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin "Real" raqibni qarshi hujumga o'tqizmadi.  

41-daqiqa. Uilyams va Militaoning poygasiga guvoha bo'ldik. Yakunda hujumchi to'pga eta olmagach, qoidani buzdi. 

40-daqiqa. To'p uchun kurashda Marseloga nisbatan qo'pollik uchun Raul Garsiyaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

38-daqiqa. Rodrigo to'pni olib qo'yib qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi, lekin u bilan "devor" o'ynagan Benzema o'yindan tashqari holatda ekan. 

36-daqiqa. Inyaki Uilyams yana birga-bir vaziyatga chiqib bordi, to'pni Kurtuaning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'lgandi, lekin aniqlik etishmadi. Takroriy lavhada hujumchi o'yindan tashqari holatda ekanligini ko'rindi.  

35-daqiqa. O'yin qoidasini buzish bo'yicha ham tenglik 4:4

O'yinni bevosita stadionda kuzatayotgan mana bu insonni tanisangiz kerak.

Hakam futbolchilarni suv ichib olishga taklif qildi!

Yeray Alvares tribunada o'tirib, o'yinni kuzatishda davom etmoqda. Aftidan, oyoq mushaklarida jarohat yuzaga kelgan ko'rinadi.  

30-daqiqa. O'yin tempi u qadar yuqori emas, xatoga yo'l qo'ygan taqdirda futbolchilar mayda follar evaziga raqib hujumini to'xtatib qolishmoqda. 

28-daqiqa. To'pni uzoq vaqt nazorat qilgan "Real" oxiri chap qanotdan oldinga o'tdi. Asensio to'pni jarima maydoniga kirib borgan Marselo tomon uzatdi, lekin braziliyalik futbolchi to'pga etib bordiyu, o'zi xohlagandek uzatmani amalga oshira olmadi.  

25-daqiqa. Marselo qanotdan oldinga o'tayotgan Modrichni to'p bilan taminladi, lekin raqib xorvatiyalikka qarshi qoidani buzdi. 

23-daqiqa. Kazemiro qoidani buzdi, mezbonlar jarima zarbasidan naf chiqara olishmadi. Lekin darhol to'pni olib qo'yib, xavfli vaziyatga ega bo'lishdi. Uilyams qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, lekin to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.   

22-daqiqa. Marko Asensioning qanotdan uzatmasidan keyin to'p uzoq burchakda turgan Rodrigoga etib bordi, braziliyalikning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

21-daqiqa. O'zgarish! Markaziy himoyachi Yeray Alvares o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. Uning o'rniga Unai Nunes o'yinga qo'shildi. 

19-daqiqa. Inyaki Uilyams yana katta tezlikda Ramosni ortda qoldirgandi, lekin Eder Militao bosiqlik bilan to'pni hujumchidan olib qo'ydi. 

18-daqiqa. Rodrigo qanotda to'pni olib qo'yib, oldinga o'tmoqchi bo'ldi, ammo himoyachi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

16-daqiqa. Mana shunday hujumlardan biri. "Atletik" o'ng qanotdan oldinga o'tdi va to'p jarima maydonchasi ichiga etkazib berildi, bosh bilan yaxshi zarbadan keyin Kurtua jamoasini qutqardi.   

15-daqiqa. O'z navbatida "Atletik Bilbao" ham o'yin bunday davom etishiga qarshi emasdek. Ular to'pni raqibga berib, kam sonli hujumlarda o'z omadini qidirmoqchi.

12-daqiqa. "Real Madrid" to'pga egalikni qo'lga olgandek, ammo hozircha chinakam xavfli vaziyat yaratish qiyin bo'lmoqda.  

8-daqiqa. "Real"ni bugun oson o'yin kutmayotgani ilk daqiqalarda isbotini topmoqda. Basklar kurashlarga kirishda ham, hujumga o'tayotganda ham ishonch bilan harakat qilmoqda. 

6-daqiqa. Serxio Ramos kutilmaganda shoshilib qoldi va to'pni Inyaki Uilyamsga o'tkazib yubordi, lekin Kurtua o'z vaqtida chiqib kelib, xavfni bartaraf etdi. Takroriy lavhada o'yindan tashqari holat bo'lgani ko'rindi.

4-daqiqa. Asensioning kuchli zarbasidan keyin Unay Simon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi, Karvaxal oshirgan to'pga esa Benzema ko'ngildagidek zarba bera olmadi!

3-daqiqa. Xavfli jarima zarbasi belgilandi. Benzema yiqitildi.

2-daqiqa. "Real Madrid" sekin-asta hujumga o'tishga urinmoqda. 

O'yin boshlandi! Bizni kurashlarga boy, chiroyli gollar uriladigan ajoyib o'yin kutib turibdi deb umid qilamiz.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

Zidan asosiy tarkibda bazi o'zgarishlarga qo'l urdi. Bazi mutaxassislarning fikriga ko'ra, bugun chempionlik masalasi hal bo'lishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, bu o'yindan keyinroq "Barselona" safarda "Vilyarreal"ga qarshi to'p tepadi. CHempionlik uchun kurashayotgan har ikki klubni qiyin o'yin kutib turibdi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

Atletik – Real Madrid

17.00, «San Mames»

Atletik – Unai Simon, Martines, Kapa, Yeray Alvares, Berchiche, Unai Lopes, Dani Garsiya, Raul Garsiya, Kordoba, Muniain, Uilyams.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Militao, Marselo, Kazemiro, Valverde, Rodrigo, Modrich, Asensio, Benzema.

Saytimizda uchrashuvni matnli translyaciya orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

BestMaster
5 Iyul 2020, 19:15
liga, atletik, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads