Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» penaltidan urilgan gol evaziga g'alaba qozondi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida «Real Madrid» o'z uyida «Xetafe»ni qabul qilib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida «Real Madrid» o'z uyida «Xetafe»ni qabul qilib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

Zidan jamoasi ketma-ket uchinchi uchrashuvdirki yorqin o'yin namoyish eta olmasdan, futbolchilarning mahorati evaziga g'alabani o'z tomonlari og'dirishmoqda.

Bu safar jadvalda 6-o'rinda borayotgan "Xetafe" "Qirollik klubi"ga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urindi. Hattoki birinchi taymda to'pni nazorat qilish va vaziyatlar yaratish bo'yicha kichik ustunlik mehmonlar tomonida bo'ldi. Hattoki, Tibo Kurtua 3ta seyv namoyish qilishiga to'g'ri keldi.

Ikkinchi bo'limda Zidan tomonidan amalga oshirilgan almashtirishlar ham u qadar foyda bermadi. Faqatgina 78-daqiqada Karvaxalning faolligi va himoyachining ehtiyotsizligi tufayli mezbonlar penalti ishlashdi. Serxio Ramos 11 metrli zarbadan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Mazkur gol o'yinda yagonaligicha qoldi. Natijada "Real" 2-o'rindagi "Barselona" bilan farqni 4 ochkoga etkazib oldi. "Madrid"ni 5 iyul kuni yana bir qiyin o'yin kutib turibdi. Jamoa Bilbaoda "Atletik" klubi mehmoni bo'ladi.

Ispaniya La ligasi, 33-tur
Real Madrid – Xetafe 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79, penalti Ramos.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Karvaxal, Varan (Militao, 33), Ramos, Modrich (Valverde, 63), Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 63), Benzema (Mariano Dias, 90).
Xetafe – Soriya, Nom, Olivera, Suares (Djeyson, 75), Kukurelya (Duro, 69), Timor (Fajr, 84), Arambarri (Anxel Rodriges, 84), Djene, Maksimovich, Echeyta, Mata (Molina, 75).
Ogohlantirishlar: Timor (1), Karvaxal (15), Ramos (26), Modrich (45), Nom (47), Militao (47), Suares (52), Mata (72), Arambarri (83), Mariano Dias (90).

BestMaster
3 Iyul 2020, 03:30
liga, «real», penaltidan, urilgan, evaziga, galaba, qozondi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads