Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

International Champions Cup. «Real» penaltilar seriyasida «MYu»ga yutqazdi

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Real" dastlabki o'yinni o'tkazdi.

.
- Yuklab olish

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Real" dastlabki o'yinni o'tkazdi. Zidan shogirdlariga Mourino boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" raqiblik qildi.

Madridliklar dastlabki daqiqalardan asosiy tarkib bilan harakatlangan bo'lsalar-da, hisobni ochish mankunianliklarga nasib etdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Jessi Lingard "Real" darvozasini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'limda Zidan maydonga zaxira tarkibini tushirdi. Shunga qaramay, "Qirollik klubi" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Kazemiro penaltidan kuchli zarba berib, darvozani ishg'ol qildi.

O'yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. International Champions Cup reglamentiga ko'ra, o'yindan keyin penaltilar seriyasi amalga oshirildi. Unda kamdan-kam hisob qayd etildi — 2:1. E'tiborlisi, o'yinda penaltidan gol urgan Kazemiro so'nggi zarbada adashdi — to'p ustunga tegib, yuqoriga ko'tarilib ketdi.

International Champions Cup
San-Frantsisko, AQSh
Real Madrid Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 1:1 (0:1), penaltilar seriyasi - 1:2
24 iyul, 02.05, «Levi's Stadium»
Gollar: 0:1 – 45 Lingard, 1:1 – 69, penalti Kazemiro.
Real Madrid – Navas (Kasilya, 46), Varan (Kesada, 46), Marselo (Texero, 46), Karvaxal (Hakimiy, 46), Nacho (Manu, 46), Isko (Oskar Rodriges, 46), Kroos (Kazemiro, 46), Vaskes (Teo, 46), Modrich (Kovachich, 46), Beyl (Foylase, 46), Benzema (Dani Gomes, 46).
Manchester Yunayted – Romero (De Xea, 46), Djons (Smolling, 46), Bayi (Lindelef, 46), Darmian (Valensiya, 77), Lingard (Pogba, 46), Fosu-Mensa (Blind, 46), Fellayni, Kerrik (Mxitaryan, 46), Pereyra (Errera, 46; Maktomini, 52), Marsyal, Reshford (Lukaku, 46).
Ogohlantirish: Oskar Rodriges (85).

BestMaster
24 Iyul 2017, 04:30
international, champions, «real», penaltilar, seriyasida, «myu»ga, yutqazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads