Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

2020 yilgi «Oltin butsa» Levandovskiga nasib etadimi?

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski «Oltin butsa» uchun kurashda etakchilik qilmoqda.

.
- Yuklab olish

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski «Oltin butsa» uchun kurashda etakchilik qilmoqda. Polshalik futbolchi Germaniya chempionatining so'nggi turida o'z hisobiga bitta gol yozdi va joriy mavsumda 34ta gol (68 ochko) muallifiga aylandi.

Undan keyingi o'rinlarni 28ta gol bilan Chiro Immobile («Latsio») va Timo Verner («Leyptsig», «Chelsi») egallab turishibdi. Italiya chempionati yakunlanishiga hali 10ta tur borligini inobatga olsak, Immobileda Levandovskini ortda qoldirish imkoniyati mavjud.

Erling Xoland («Borussiiya Dortmund», 29 gol, 50 ochko) va Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 23 gol, 46 ochko) kuchli beshlikni tashkil etishgan bo'lsa, Lionel Messi («Barselona» (21 gol, 42 ochko) oltinchi pog'onani band etgan. Romelu Lukaku ("Inter") va Jeymi Vardi ("Lester") hisobida 19tadan gol mavjud.

«Oltin butsa»ga da'vogarlar ro'yxati:

1. Robert Levandovski («Bavariya») — 34 gol, 68 ochko
2. Chiro Immobile («Latsio», Italiya) — 28 gol, 56 ochko
3. Timo Verner («Leyptsig», Germaniya/«Chelsi», Angliya) — 28 gol, 56 ochko
4. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, Germaniya) — 29 gol, 50 ochko
5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Italiya) — 23 gol, 46 ochko
6. Lionel Messi («Barselona», Ispaniya) — 21 gol, 42 ochko.

BestMaster
30 Iyun 2020, 12:30
yilgi, «oltin, butsa», levandovskiga, nasib, etadimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads