Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Alkogol, mashhurlik, fohishalar...": ECHL g'olibining iqrorlari

Uesli Sneyder – "Ayaks", "Real", "Inter" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi. Kecha, 27 iyun kuni futbolchi o'z avtobiografiyasini ommaga elon qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real"iga o'tish har kim uchun faoliyatida oldinga qo'yilgan qadam hisoblanadi. "Qirollik klubi" libosida o'ynashni orzu qilmagan professional futbolchi bo'lmasa kerak. (Albatta, "Barselona" tarbiyalanuvchilaridan bo'lak.) Biroq, "qaymoqranglilar" bilan shartnoma imzollaganidan so'ng sarxushlikka berilib, asosiy vazifasini unutib qo'yganlar ham yo'q emas.

Ulardan biri – 2007 yilda Madridga ko'chib o'tgan Uesli Sneyder. "Qirollik klubi" xavbek uchun "Ayaks"ga 27 mln evro to'lagandi (o'sha paytda amsterdamliklar uchun rekord transferga aylangan), ammo niderlandiyalik futbolchi Ispaniya poytaxtida yo'qolib qoldi. 2 yildan keyin Sneyder "Inter"ga 15 mln evro evaziga sotib yuborildi. Futbolchi avtobiografiyasida etirof qilishicha, "Real"dagi muvaffaqiyatsizliklarga faqatgina uning o'zi sababchi bo'lgan.

Ueslining so'zlariga ko'ra, uning Ispaniyadagi asosiy muammolaridan biri spirtli ichimliklarga bo'lgan moyilligi edi. Niderlandiya terma jamoasi etakchisi shu tufayli ayoli bilan ajrashib, birinchi marta oilasini yo'qotadi. Birozdan keyin ikkinchi ayriliq — bu haqida quyiroqda so'z yuritamiz.

"Real" sport direktori Predrag Miyatovich Amsterdam ayraportida madridliklarning shartlari haqida gapirib qoldi. U menga 5 yillik shartnoma bo'yicha har mavsum uchun 3 mln evro maosh ko'rsatilgan bitimni ko'rsatdi. Ana xolos! Men "Ayaks"da atigi bir million topardim", – deb yozadi Sneyder. "Yosh edim, o'zimni omadli hisoblar va diqqat markazida bo'lishni xohlardim. Men uchun har kuni bir necha ming evroni ko'ngilxushlik uchun sarflab yuborish muammo bo'lmay qolgandi. Mast bo'lib qolganimda ham spirtli ichimliklar istemolidan o'zimni tiyolmasdim. "Real"dagi bir necha jamoadoshlarim men uchun ham ajoyib "kecha"larni tashkil qilishardi – asosan Guti. Alkogol, ko'plab do'stlar, mashhurlik, fohishalar... Begona ayollar bilan muntazam uchrashuvlar davom etardi. Mening qalbim ayolimda edi, afsuski, tanam... Men juda zaif odamga aylanib qoldim, o'shanda mashhurlikni ko'tarolmaganman.

Tan olaman, aroq mening eng yaqin do'stimga aylanganini sezmay qoldim. Giyohvand moddalar istemol qilmasdim, faqat alkogol. Men butunlay yolg'iz edim – rafiqam o'g'lim Jessini ham olib ketgandi. Mening sarguzashtlarimni hech kim bilmaydi, deb o'ylardim. CHunki har tong xotirjam uyg'onib, hech narsa bo'lmagandek mashg'ulotlarga borardim.

Albatta, bu mening sport formamga jiddiy tasir qilgan, ammo o'sha paytda sezmaganman – alkogolning salbiy tasirlari yo'qday tuyulgan. Bu xayol edi – men allaqachon taslim bo'lganim aniq edi. Mashg'ulotlar tobora qiyinlashib borar, men faqat ajoyib texnik imkoniyatlarim va fikrlash qobilyatim tufayli qutulib qolardim. Mendagi o'zgarishlarni hech kim sezmayotganiga ishonib, murabbiylardan hammasini yashirardim.

Umuman olganda, "Real"da ham yomon o'ynadim deb o'ylamayman. Ammo klubga ko'prog'ini bera olishim mumkin edi. Van Nistelroy va Robben mendan bir necha bor spirtli ichimliklarni to'xtatib, boshimni ko'tarishimni so'rashgan. Afsuski, natija bo'lmagandi. Mening futbolga nisbatan munosabatim "Real" o'yinchisining holatiga to'g'ri kelmasdi.

Niderlandiyada alkogol bilan birga qimor o'yinlariga ham jiddiy ishtiyoq seza boshaladim. Bir gal Patrik Klyuyvert bir necha soat ichida menga 30 ming evro yutqazgandi, ammo uning qarzidan voz kechganman.

Keyinroq ikkinchi ayolim bilan ham spirtli ichimliklar va sadoqat bilan bog'liq muammolar tufayli ajrashdim. U meni tashlab AQSHga ketdi. O'zimni aybdor his qila boshladim, chunki u orzumdagi ayol edi. Nega bunday qildim? Bilmayman, ammo og'riq keyinroq paydo bo'ldi. CHunki men ajoyib oilamdan judo bo'lgandim", – deydi Sneyder.

SHuningdek, futbolchi "Evro-2012"da o'ynashni istamaganini ham tan oldi (o'shanda uchar gollandlar guruhda qolib ketishgandi).

"Ikki yil oldin – JCH-2010 – bizda ajoyib, ahil jamoa bor edi. Biz finalgacha etib bordik va chempion bo'lishimizga bir qadam qolgandi. 2012 yilgi Evropa chempionatiga tayyorlanish jarayonida ichki muhit buzildi. O'yinchilar bir-birining ustida shikoyat qilar, birlik yo'q, xudbinlar esa etarlicha topilar edi. Tan olaman, ushbu turnirda o'ynashni xohlamagandim...", – deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Real"dagi 2 yillik faoliyatidan keyin Sneyder "Inter"ga o'tdi. Milan klubi bilan ECHL-2009/10 va Skudettoda g'alaba qozondi. SHuningdek, futbolchi faoliyati davomida "Ayaks", "Nicca", "Galatasaroy" va "Al Garafa" klublarida to'p tepdi. Niderlandiya terma jamoasi bilan JCH-2010da kumush, 2014 yilgi mundialda bronza medaliga sazovor bo'ldi. Yo'l qo'ygan xatolariga qaramasdan, o'z tarixini yoza olgan Uesli Sneyder 2019 yilda futboldagi faoliyatiga nuqta qo'ydi.

Sneyderning irodasi biroz kuchliroq bo'lganida barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Ehtimol, 2008 yilgi "Oltin to'p"ni Ronaldu emas, Uesli olardi. 

Voyaga etib kelayotgan yosh futbolchilarimizdan yuqoridagi kabi holatlardan tegishli xulosa chiqarishlarini so'ragan bo'lardik. Zero, kamol bilan zavolning orasi biz o'ylagandan ham yaqinroq. Noto'g'ri bosilgan har bir qadam yorqin kelajak, katta orzularni sarobga aylantirish kuchiga egadir.

Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

BestMaster
28 Iyun 2020, 15:15
alkogol, mashhurlik, fohishalar, echl, golibining, iqrorlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads