«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar himoyachisi Pikening La ligadagi hakamlar borasida aytgan fikriga o'z munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Jerar "Sevilya"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin "so'nggi 2ta turda ro'y berayotgan voqealardan xulosa qiladigan bo'lsa, "Real" boshqa ochko yo'qotmaydi", degan mazmunda fikr bildirgan edi.
«Barcha uchrashuvlarda VAR tomonidan to'g'rilamagan hakamlarning ba'zi xatolarini ko'ryapmiz. Pikening fikrlari tushunarli, ammo, tez orada vaziyat uning foydasiga o'zgarishi mumkin.
Hakamlar ataylab «Real» foydasiga xato qilishyapti, deb o'ylamayman. Chunki, oradan bir necha kun o'tib ular «Barselona» foydasiga xato qilishadi. Lekin baribir nima uchun to'pni qo'l bilan o'ynagan yoki penalti paytida VAR yordam bermayotganini tushunmayapman.
Hakamlar aniq maqsad yo'lida harakat qilishmayotganiga ishongim keladi. Chunki Ispaniya futbolini butun dunyoda hurmat qilishadi. Qandaydir klubga, xoh u «Real» bo'lsin, xoh «Barselona», chetdan kimdir yordam bersa, juda achinarli holat bo'lardi.
Shuning uchun hakamlar yoki VAR kimgadir yordam berishga intilyapti, deb o'ylamayman. Umid qilaman, hakam qoidalardan kelib chiqib hushtak chalishadi», – dedi Rivaldo.