Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu futbolchi bo'lmaganida qaysi kasbni tanlar edi? Neymarchi?

Bu yigitlar futbol olamida juda katta mashhurlikka erishgani bois, ularni boshqa kasbda tasavvur qilib ko'rish juda mushkul. Shunday bo'lsada, bugun ular bergan intervyulardan olingan parchalar orqali qaysi kasblarni tanlashlari mumkinligi haqida taxmin qilib ko'ramiz.

.
- Yuklab olish

Bu yigitlar futbol olamida juda katta mashhurlikka erishgani bois, ularni boshqa kasbda tasavvur qilib ko'rish juda mushkul. Shunday bo'lsada, bugun ular bergan intervyulardan olingan parchalar orqali qaysi kasblarni tanlashlari mumkinligi haqida taxmin qilib ko'ramiz.

Neymar – Xonanda

 

Braziliyalik futbolchining yaqin do'stlarining deyarli barchasi mashhur qo'shiqchilar va musiqachilardan tashkil topgan. Qahramonimiz bir necha bor ular bilan birgalikda sahnada qo'shiq kuylashga ham muvaffaq bo'lgan.

“Bu savolni bir necha bor o'zimga berib ko'rganman. Har safar futbolchi bo'lishimga ishonchim komil bo'lgan. Agarda, insoniyat futbol sport turini o'ylab topmaganida, katta ehtimol bilan biror bir guruhning solistiga aylangan bo'lar edim. Futbol sport turi, biroq men uni san'at sifatida qabul qilaman. Shunday ekan, futbolchi bo'lmaganimda ham san'at bilan mashg'ul bo'lgan bo'lar edim.”

Krishtianu Ronaldu – Aktyor, model

 

5 bor “oltin to'p”ni o'ziniki qilib olgan futbolchi yaqindagina ushbu savolga javob berdi. Uning aytishicha, u tashqi ko'rinishi sababli moda olamida yaxshigina mashhurlikka erishishi mumkin ekan. Shuningdek kino olamida ham o'zini sinab ko'rishga qarshi emas.

“Men vaqtni bekor o'tkazishni hush ko'rmayman. Shu sababli futbolchi bo'lmaganimda albatta kinoaktyor sifatida bir nechta filmlarlarda rol ijro etgan bo'lar edim. Menga melodrama janrdagi filmlar juda yoqadi. Bundan tashqari, model sifatida faoliyat olib borishni ham hush ko'raman. Bu menga zavq bag'ishlaydi.”

Zidan – Haydovchi, kurer

 

Barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaluvchi Zayniddin Zidan hayotda juda kamtarin inson. Uning ushbu savolga bergan javobi so'zimizga isbot bo'la oladi.

“Futbol menga juda ko'p narsa berdi. Buning uchun yaratgan egamdan minaddorman. Agarda futbolchi bo'lmaganimda, bugun Frantsiyaning kichik shaharlaridan birida oddiy haydovchi yoki kureylik qilayotgan bo'larmidim?!

Romelu Lukaku – tarjimon

 

Milanning “Inter” jamoasi hujumchisi o'z intervyularidan birida ushbu mavzuga qisqacha to'xtalib o'tgan edi. Uning aytishicha, undan juda yaxshi gid yoki tarjimon chiqishi mumkin ekan.

“Futbolsiz hayotimni tasavvur qilishim mushkul, biroq agar taqdir taqozo etsa, albatta turizm sohasida faoliyat olib borgan bo'lar edim. Men 5 ta tilni o'zlashtirganman. Bu turizm sohasida katta muvaffaqiyatga erishishim uchun qo'l kelishi mumkin edi. Bundan tashqari, jamoatchilik ishlari bilan shug'ullanish borasida ham nimagadir erishgan bo'lar edim.”

 

Jerar Pike – Tadbirkor

 

Ispaniyalik futbolchining ota-onasi omadli tadbirkorlar sirasiga kiradi. Pikelar oilasi a'zolarining deyarli barchasi shaxsiy biznesga ega insonlar. Jerar ham ulardan mustasno emas. Qahramonimiz futbolchilik faoliyatini yakunlamay turib, bir nechta biznes rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Uning ko'zoynak ishlab chiqaruvchi kompaniyaning aktsiyadori ekanligidan xabaringiz bormi? Turli video o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning egasi ekanligini bilasizmi? Shaxsiy klubi mavjudligi haqida ma'lumotga egamisiz? Umuman olganda, “Barselona” etakchisi allaqachon biznes olamida ham nom qozonishga ulgurgan.

“Har bir erkak oilasining kelajakda muammosiz hayot kechirishini ta'minlashi lozim deb hisoblayman. Futbol maydonida men doimo professional bo'lib qolaman. Undan tashqarida esa, o'z daromadimni kerakli yo'llarga yo'naltirish lozim.”

BestMaster
26 Iyun 2020, 02:30
ronaldu, futbolchi, bolmaganida, qaysi, kasbni, tanlar, edi?, neymarchi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 special  
Ronaldu :-D
26 Iyun 2020, 10:50
 special  
Ronaldu :-D
26 Iyun 2020, 10:50
 special  
Ronaldu :-D
26 Iyun 2020, 10:53
 special  
Ronaldu :-D
26 Iyun 2020, 10:53
 u7777u  
Ажойб
26 Iyun 2020, 14:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads