Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos: «Hakamlar qaysidir jamoa foydasiga qaror chiqarishyapti, deb o'ylamayman»

«Real» sardori Serxio Ramos «Malorka»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» sardori Serxio Ramos «Malorka»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Shuningdek, futbolchi «Barselona» himoyachisi Jerar Pikening so'zlariga javob qaytardi.

«Atrofimizda bo'layotgan gap-so'zlar — bu normal holat. Barchasiga biz musobaqa jadvalining yuqorisida turganimiz sababchi. Ilgari gap-so'zlar ko'p bo'lmasdi. Hakamlar qaysidir jamoa foydasiga qaror chiqarishyapti, deb o'ylamayman. Kimlargadir biz faqat hakamlar tufayli peshqadamlik qilayotgandek ko'rinayotgan bo'lsa kerak.

Mening gollarim — tinimsiz mehnat uchun berilgan mukofot. Men xursandman.

Har uch kunda o'yin o'tkazayotganimiz uchun bugun charchoqni his qildim. Bugungi o'yinimizdan qoniqish hosil qilmadik. Yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz bor», — dedi Ramos.

BestMaster
25 Iyun 2020, 08:00
ramos, «hakamlar, qaysidir, jamoa, foydasiga, qaror, chiqarishyapti, oylamayman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads