Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» g'alaba qozondi va 1-o'ringa qaytdi (videosharh)

«Real» La liganing 31-turi doirasida chempionatda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan «Malorka» klubini qabul qilib, g'alabani qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

«Real» La liganing 31-turi doirasida chempionatda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan «Malorka» klubini qabul qilib, g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuv boshida Benzemaning zarbasiga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Modrichning uzatmasidan keyin Vinisius Junior yakkama-yakka vaziyatda hisobni ochdi.

Braziliyalik vinger birinchi bo'limning o'zida hisobdagi oshirib qo'yishi mumkin edi. Biroq darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda uning "parashyut" zarbasidan so'ng to'p  bu safar to'singa tegib qaytdi.

Autsayder bo'lishiga qaramay, «Malorka» to'pni nazorat qilish, hujumlar tashkil qilish va darvoza tomon zarbalar berishda "Madrid" bilan tengma-teng kurash olib borishga harakat qildi. Ammo "klass"dagi "Real"ning g'alabasi uchun etarli bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar sardori Serxio Ramos jarimadan ajoyib zarba berib, hisobni 2:0ga etkazdi.

Ushbu g'alabadan keyin madridliklar o'z ochkolarini 68taga etkazib, yana peshqadamga aylanishdi.

Ispaniya chempionati, 31-tur
Real Madrid – Malorka 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Vinisius Junior, 2:0 – 56 Ramos.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Vinisius Junior (Braim Dias, 83), Modrich (Asensio, 71), Beyl (Isko, 71), Valverde, Azar (Kroos, 62), Benzema (Mariano Dias, 83).
Malorka – Reyna, Valent (Games, 61), Railo, Sedlar, Baba (Romero, 83), Kubo, Febas (Sevilya, 61), Dani Rodriges, Poso, Lago Djunior (Salibur, 70), Budimir (Ernandes, 61).
Ogohlantirishlar: Budimir (8), Kampos (21), Ramos (35), Modrich (46), Mendi (80), Kroos (87).

BestMaster
25 Iyun 2020, 04:30
liga, «real», galaba, qozondi, 1-oringa, qaytdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads