Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos — La liga himoyachilari orasida eng yaxshi to'purarga aylandi

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Real» himoyachisi Serxio Ramos «Real Sosedad» darvozasini penaltidan ishg'ol qildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Real» himoyachisi Serxio Ramos «Real Sosedad» darvozasini penaltidan ishg'ol qildi.

«Qirollik klubi» sardori uchun bu La liga doirasidagi 68-gol bo'ldi. Ramos ushbu natija orqali himoyachilar orasida Ispaniya chempionatidagi gollar soni bo'yicha rekordchiga aylandi. U «Barselona» klubi sobiq himoyachisi Ronald Kumanni ortda qoldirdi. Niderlandiyalik futbolchi o'z gollarining 46tasini penaltidan urgan bo'lsa, Serxio esa 12 marta penaltidan unumli foydalangan.

Bu borada uchinchi o'rinni «Real» klubi sobiq sardori Fernando Yerro egallagan. Ispaniyalik futbolchi faoliyati davomida aslida 105ta to'p kiritgan. Ammo u gollarining bir qismini yarim himoyada o'ynagan paytda urgan. Ispaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Yerro himoyachi sifatida 51ta gol urgan (19tasi penaltidan).

BestMaster
22 Iyun 2020, 11:00
ramos, liga, himoyachilari, orasida, yaxshi, topurarga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Капитан га гап йуқ
22 Iyun 2020, 11:36
 u7777u  
Олға
22 Iyun 2020, 11:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads