Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» muhim g'alabani qo'lga kiritib, peshqadamga aylandi! (videosharh)

«Real Madrid» Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida chempionlik yo'lidagi eng muhim uchrashuvni o'tkazdi.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida chempionlik yo'lidagi eng muhim uchrashuvni o'tkazdi. «Real Sosedad» esa o'z maydonida madridliklarga qarshi ancha dadil bahs o'tkazdi.

Basklar o'zlarining tajovuzkor o'yinlari bilan tanaffusga qadar nomdor raqibga xavfli vaziyat uchun imkoniyat berishmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa chaqqon Vinisius himoyachilarni aldab o'tib, jarima maydoniga kirdi hamda penalti ishladi. 11 metrli jarima zarbasini Serxio Ramos aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Bahsning 69-daqiqasida Adnan Yanuzay jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berib, darvozani ishg'ol qildi. Ammo VAR ofsaydda turgan o'yinchi Kurtuaning yo'lini to'sib, unga xalal bergani uchun golni bekor qildi.

Oradan 2 daqiqa o'tib, Karim Benzema raqib darvozasiga ikkinchi golni urdi. Vaziyatga VAR aralashdi: frantsiyalik futbolchi to'pni o'ziga bo'ysundirayotganida bilagi bilan emas, elkasi bilan o'ynadi deb topdi. Gol inobatga olindi.

Hujumchi qilishda davom etgan "Sosedad" 83-daqiqada Mikel Morenoning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirdi. "Madrid" asosiy vaqtning qolgan 7 daqiqasi, unga qo'shib berilgan yana 6 daqiqa davomida ishonchli himoyalandi va g'alabani saqlab qoldi.

Natijada "Real" o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra "Barselona"dan o'tib ketgan holda peshqadamga aylanib oldi.

Ispaniya La ligasi, 30-tur
Real Sosedad – Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 50, penalti Ramos, 0:2 – 70 Benzema, 1:2 – 83 Merino.
Real Sosedad – Remiro, Lorente, Monreal, Gorosabel (Elustondo, 60), Le Norman, Merino, Subeldiya (Subimendi, 80), Oyarsabal (Yanuzay, 60), Edegor (Lopes, 79), Portu, Isak (Villian Joze, 79).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Marselo (Mendi, 89), Varan, Kroos, Valverde (Modrich, 89), Xames (Asensio, 78), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 78).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (16), Kazemiro (21), Gorosabel (28), Lorente (48), Modrich (90), Merino (90).

BestMaster
22 Iyun 2020, 03:30
liga, «real», muhim, galabani, qolga, kiritib, peshqadamga, aylandi!, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads