Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

APL "havossidan nafas olmaganlar" (Ramziy jamoa)

.
- Yuklab olish

So'nggi 10 yil ichida APL dunyoning eng tomoshabop chempionati unvonini hech kimga bermay kelmoqda. Shunday bo'lsada, bu birinchilikda to'p tepish barcha yulduzlarga ham nasib etmagan. Bugun ana shunday futbolchilardan tashkil topgan o'zgacha ramziy jamoani e'tiboringizga havola etamiz.

Darvozabon. Oliver Kan

Aslida, Buffonni kutgan bo'lsangiz kerak. To'g'ri, Jiji bu tarkibni bezab berishi mumkin, biroq Kandagi xarizma va etakchilik APL uchun tamomila begona. Butun faoliyatini Germaniyada o'tkazgan kipperning “tumanli albion”dagi sarguzashtlari so'zsiz muxlislar yodida abadiy qolishi mumkin edi.

Himoyachilar. Lilian Tyuram

Dani Alvesni bir chetga surib qo'ygancha, o'ng qanotga frantsuzni joylashtiramiz. Evropa va JCh g'olibi o'z davrining eng kuchli fulbeklaridan biri edi. “Yuventus” va “Barselona”dan so'ng, u bilan bir nechta APL klubi qiziqqan bo'lsada, futbolchi Britaniya orolariga ko'chib o'tishni rad etadi. Afsus, bu uning faoliyatidagi eng yodda qolarli voqealarga sababchi bo'lishi mumkin edi.

Serhio Ramos


Qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlar egasi va Madrid klubining yuragi. “Real” sardori va klub tarixidagi eng yaxshi himoyachi. Ramosni ta'riflash uchun bir necha soat kerak. Ispaniyalik futbolchi bilan “Manchester Yunayted” 4 bor aloqaga chiqqaniga qaramay, Ramos ketishni istamadi. 34 yoshli futbolchi tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Katta ehtimol bilan “el-kapitano” ham “tumanli albion”da o'zini sinab ko'ra olmaydi.

Fabio Kannavaro

To'g'risi, Italiya himoyachilari maktabi bitiruvchisini APLda ko'rish barcha uchun qiziq bo'lsa, kerak. Agar u JCh g'olibi va “oltin to'p” egasi bo'lsa qiziqish yanada ortishi tabiiy. Atigi 175 sm bo'y egasi bo'lishiga qaramay, o'yinni o'qish borasida benazir himoyachi Angliyada o'zini qanday namoyish etgan bo'lar edi? Afsuski, bu endi javobi yo'q savol bo'lib qoladi.

Roberto Karlos

Karlos o'zining chap oyoqdagi zarbalari bilan futbol tarixidagi tirik afsonalar qatoridan o'zi uchun joy naqd qilib qo'ygan. U “Galaktokis” safida katta musobaqalarda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Keyin negadir Turkiyaga yo'l oldi. Vaholanki, unda ingliz klublaridan kelib tushgan takliflar ham etarlicha edi. Nima ham derdik? Karlos APL muxlislari uchun yana bir ushalman orzuga aylanib qoladi.

Yarim himoyachilar. Andrea Pirlo

Aql bovar qilmas uzatmalar va o'yinni nozik did bilan his qilishni o'zidan jam qilgan Pirlo ham eng shiddatli chempionatda o'zini sinab ko'rmaganlardan. 2012-yilda o'tkazilgan Evropa chempionatida Angliya darvozasiga panenko uslubida gol kiritgan Pirlo har qanday chempionatni bezab berishga qodir iqtidor egasi edi.

Xavi

Yarim himoyachidan 100 foiz foydalanish uchun to'p nazoratini hush ko'ruvchi klub kerak. Afsuski, bunday jamoa Xavi butsalarini mixga ilgachgina APLda paydo bo'ldi.

Zayniddin Zidan

Zidan o'zidan keyingi avlod futbolchilarini ham hayratda qoldirayotgan sobiq futbolchi sanaladi. O'zining mashhurlik sari yo'lini “Yuventus”da boshlagan Zidan EChL finalidagi afsonaviy golini kiritish uchun “Real” libosini kiyadi. Agarda, Ser Aleks Kontaning ta'biga qaramasdan Zidanni sotib olganida, balki aynan Zizu APLdagi barcha zamonlardagi eng kuchli futbolchiga aylangan bo'larmidi?!

Hujumchilar. Ronaldino

Ronaldinoning APLda o'zini qanday tutishi, yangi o'yin manerasi va iqlimga ko'nikishi borasidagi savollarni bir chetga surib tashlang! Ahir qarshingizda shaxsan Ronaldino! Uning “Stemford Bridj”da kiritgan golini eslang! O'ylashimizcha, Roni o'zi istaganida APL ni ham zabt etishi mumkin edi.

Lionel Messi

Bundan bir necha yil avvalroq Messi Gvardiola qo'l ostida “Siti” bilan shartnoma imzolashi mumkin edi, biroq Leo Kataloniyada qolishni avzal ko'rdi. Shunday bo'lsada, Leoning kontaktlarga boy chempionatda o'zini qanday tutishi ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi turgan gap.

Ronaldo

O'z vaqtida “Real” safida “Manchester Yunayted” darvozasini “Old Trafford”da 3 bor ishg'ol qilgan hujumchini haligacha “tumanli albionda” yaxshi xotirlashadi. Yodingizda bo'lsa, “orzular teatri” “so'yloqni” qarsaklar bilan kuzatib qo'ygan. Shu sababli, uning APLda bemalol to'p tepishiga shubhamiz yo'q.

Alternativ variant:

Iker Kasilyas — Filipp Lam, Karles Puyol, Alessandro Nesta, Paolo Maldini — Klarens Zeedorf, Andres Inesta, Kaka — Roberto Badjo, Romario, Raul.

Alternativ variant:

Djanluidji Buffon — Dani Alves, Mattias Zammer, Diego Godin, Xaver Dzanetti — Mikael Laudrup, Luish Figu, Pavel Nedved — Alessandro Del Pero, Franchesko Totti, Gabriel Batistuta.

Iker Kasilyas — Filipp Lam, Karles Puyol, Alessandro Nesta, Paolo Maldini — Klarens Zeedorf, Andres Inesta, Kaka — Roberto Badjo, Romario, Raul. Podrobnee: https://www.soccer.ru/blogs/record/1187313/messi-lionel-ramos-serhio
BestMaster
21 Iyun 2020, 18:30
havossidan, nafas, olmaganlar, ramziy, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads