Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Seten «Real»ning «Sosedad» bilan o'yinda ochko yo'qotishiga umid qildi

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya La ligasining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sevilya»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya La ligasining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sevilya»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

— Dastlabki 30 daqiqa umidbaxsh bo'ldi. Biz safarda yaxshi o'ynadik va «Sevilya»ning o'zini ko'rsatishiga yo'l qo'ymadik. Ammo suv ichish uchun berilgan tanaffusdan keyin biz yo'qotishlarga yo'l qo'yib, tempni tushirib qo'ydik.

Ikkinchi bo'limda ham to'p yo'qotilishi davom etdi. Biz yakdil harakat qila olmadik. Natijada «Sevilya» to'pni nazorat qila boshladi. Bo'sh hududga ega bo'lgan bu jamoa hamisha raqibni jazolaydi.

«Sevilya» darvozasi oldida xavfli vaziyatni qanday qilib yuzaga keltirishni bilmadik. Chunki ko'pchilik bo'lib himoyalanayotgan jamoa jarima maydoniga yorib kirish qiyin.

Barcha o'yinlarda g'alaba qozonish oson bo'lmasligini bilardik. Bir ochko ham — ochko.

Ha, endi imkoniyatlarimiz avvalgidek emas, ammo «Real» hali «Sosedad»ni mag'lub etmadi. Bu jamoa bilan safarda o'ynash oson bo'lmaydi.

Pessimizmga berilmoqchi emasman, ammo biz yaxshi ishlarni amalga oshirayotganimizni aytishda davom etaman.

– Pike esa pessimistik ruhda fikr bildirdi.
– Bu konkret bitta o'yinda muvaffaqiyatsizlik bo'ldi. Bugun bizda alamli hissiyot hukmron. Chunki g'alaba qozona olmadik.

Darvozabon jamoada muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'yinchi. Ter Shtegen esa — bizning kafolatimiz. Biz raqibning yarim maydonida o'ynab, ko'p tavakkal qilamiz.

BestMaster
20 Iyun 2020, 11:30
seten, «real»ning, «sosedad», bilan, oyinda, ochko, yoqotishiga, umid, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads