«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Ispaniya La ligasining 30-turidan o'rin olgan «Sevilya»ga qarshi o'yin (0:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Bu safar La ligada g'olib chiqish qiyin bo'ladi. Endi vaziyat bizga bog'liq emas.
«Real» ochko yo'qotmasa kerak. Mazkur ikkita turda ro'y bergan voqealarni inobatga olganda, buni tasavvur qilish qiyin.
O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Bugungi durang tufayli raqibning imkoniyatlari oshib ketdi.
Nazarimda, raqibdan yaxshiroq o'ynab, 2 ochko yo'qotdik. Vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik.
«Sevilya» – jadvalning 3-pog'onasida borayotgan yuqori saviyadagi jamoa. Ammo biz gol urishimiz mumkin edi», – dedi Pike.