Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" "Valensiya"ni o'z maydonida yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Ispaniya chempionati doirasida "Real Madrid" - "Valensiya" uchrashuvi yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada siz uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

YANGILASH

Ajoyib o'yin guvohiga aylandik. CHiroyli gollar, Benzemaning dubli, Asensioning qaytishii va goli, osiyolik futbolchining "anti-qaxramonligi". 

SHu tariqa, uchrashuv "Real Madrid"ning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

94-daqiqa. Mezbonlar to'pni olib qo'yib, chap qanotdan oldinga o'tishdi, ammo so'nggi pallada himoyachi to'pni to'xtatib qoldi. 

93-daqiqa. Mezbonlar to'pni "Valensiya"ga berib, qo'lingizdan nima keladi degandek bo'lmoqda. 

Luka Modrichning qanotdan uzatgan to'pini Toni Kroos boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo biroz noaniq.  

Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi!

Li Kan Serxio Ramosning oyoqlarini to'pga o'xshatdi shekilli.

QIZIL KARTOCHKA! Osiyolik Li Kan In maydon markazida Serxio Ramosni tepavergani uchun qizil kartochka bilan siylandi.

87-daqiqa. GOOOOOL! Mohirona harakatlarni amalga oshirgan Benzema hisobni yirik ko'rinishga olib kelmoqda!

86-daqiqa. Himoyadagi xatodan so'ng, Kazemiro ajoyib harakat bilan to'pni olib qo'ydi. 

84-daqiqa. Vinisius juda faol. Katta tezlikda oldinga o'tib ketayotganida, Ugo to'pni qo'li bilan to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi. Jarima zarbasi. 

82-daqiqa. Eden Azar maydonni tark etdi, uning o'rnini Vinisius Junior egalladi. 

GOOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Marko birinchi zarbadayoq darvozani ishg'ol qildi! Ajoyib qaytish bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

74-daqiqa. Federiko Valverdening o'rniga Marko Asensio tushdi.  

73-daqiqa. "Real"ning navbatdagi hujumi burchak to'pi bilan yakunlandi.   

68-daqiqa. Goldan ruhlangan "Real" futbolchilarining harakatlari ancha dadil bo'lib qoldi. "Ko'rshapalaklar" esa aksincha biroz karaxt holatdadek.

Yana Azardan assist. Yodingizda bo'lsa, o'yindan avval Zidan aynan Azar-Benzema juftligi o'yinidan ko'p narsalarni kutayotganini aytib o'tgandi. 

Azar, Modrich va Benzemaning faolligi franciyalik futbolchining goli bilan yakunlandi! 

61-daqiqa. GOOOOOL! "Real Madrid" hisobni ochdi!

60-daqiqa. Ferran Torres o'rniga Gonsalu Guedesh 

59-daqiqa. Maksimiliano Gomes o'rniga maydonga Kevin Gameyro tushirildi.

O'zgarish. "Valensiya" murabbiyi yangi futbolchilarni maydonga tushirishga qaror qildi. 

54-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pga egalik qilishmoqda, ammo darvozaga yo'l topa olishmayapti.

O'yin taqdirin birgina gol hal qilib qo'yadigan ko'rinadi. 

52-daqiqa. "Valensiya" himoyachisi to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

Marko Asensio maydonga tushadimi? U chigalyozdi mashg'ulotlarini boshlab yubordi.

50-daqiqa. Benzema jarima maydoni kirib borib zarba berdi, himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

49-daqiqa. Ferran Torres qanotda Mendi va Ramosni aldab o'tib ketishga harakat qildi, lekin raqib sardoriga to'qnashib yiqilib tushdi. Hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi. 

47-daqiqa. Qanotdan etkazib berilgan to'pga mezbonlar etib bora olmaganidan so'ng, Mendi raqib qarshi hujumini qoida buzish evaziga to'xtatishga majbur bo'ldi.

46-daqiqa. "Valensiya" futbolchilari raqib pressingidan chiqib ketish uchun harakat qilyaptilar.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.  

45+3-daqiqa. Himoyadan chiqib oldinga ketayotgan Ramosni qoida buzib yiqitishdi.

45+2-daqiqa. Burchak to'pidan so'ng "Real Madrid" futbolchilari darvozaga zarba berishdi, darvozabon o'z o'rnida. 

45+1-daqiqa. "Valensiya" qarshi hujumda ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. Ferran Torresning zarbasi yo'liga Karvaxal jon holatda tashlandi va to'p darvozagacha etib borishiga yo'q qo'ymadi.

Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Burchak to'pi. "Real" to'pni burchakdan o'yinga kiritib berdi.  

Kondogbianing kuchli zarbasidan so'ng Tibo  to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. 

43-daqiqa. AJOYIB SEYV! Kurtua qiyin vaziyatda jamoasini goldan qutqardi.  

42-daqiqa. "Valensiya" hujum uyushtirish uchun imkoniyatlarni ko'rib chiqmoqda. 

39-daqiqa. Kazemiro yana qoidani buzdi. Tayanch yarim himoyachisi bugun sariq olsa, keyingi o'yinni o'tkazib yuborishi yodidan ko'tarilgan shekilli. Ketma-ket raqiblarini "oyoqqa zarbalar" bilan siylamoqda.

36-daqiqa. Karvaxal va Valverde o'ng qanotdan oldinga o'tishga harakat qilib ko'rishdi. 

"Valensiya" futbolchilari ko'proq to'psiz harakatlanishga majbur bo'lmoqda va shu sababli hozirga kelib raqiblaridan 1.5 km ko'proq masofani bosib o'tishga ulgurishibdi. 

34-daqiqa. Hakam futbolchilarga nafaslarini rostlab, suv ichib olish imkoniyatini yaratib berdi.

Karim Benzema va Zidan bugungi uchrashuvda nimalar o'xshamayotgani borasida fikr almashmoqda.

32-daqiqa. Mezbonlar ham burchak to'pi ishlab olishdi, ammo naf chiqara olishmadi. 

31-daqiqa. "Real" yana to'pni o'z nazoratiga olib, raqib darvozasi tomonga yo'l izlamoqda.

29-daqiqa. Karvaxal qanotdan individual harakatlari evaziga raqibni ortda qoldirib, jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi. Darvozabon o'z o'rnida. 

26-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak to'pini mehmonlar o'yinga kiritishdi. Havodan uzatilgan to'pni Ramos qaytarishga muvaffaq bo'ldi.   

22-daqiqa. Yo'q! Hakam takroriy lavhani ko'rgach, o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

20-daqiqa. GOOOL! "Valensiya" hisobni ochdi. Lekin hakam VAR yordamini kutmoqda. 

19-daqiqa. "Valensiya" o'ziga kela boshladi va hujumga ko'proq o'tmoqda. 

Uchrashuvdan oldin "Real" futbolchilari og'ir kasalga chalingan "Barsa" sobiq ustozi Unsue qo'llab-quvvatlash manosida maxsus futbolkani olib chiqdi.

14-daqiqa. "Valensiya" yaxshi hujum uyushtirdi va hujumchi qulay vaziyatga chiqib bordi. Futbolchi hali zarba berib ulgurmasidan bazilar GOOOL deyishiga qaramay, to'p ustunga tegib qaytdi. 

Jamoalar sekin-asta tempni oshirishmoqda.

11-daqiqa. Avvaliga "Valensiya" xavfli qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi, Kurtua bunga yo'l qo'ymadi. Keyingi hujumda "Real" yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo Benzemadan to'pni qabul qilib olgan Azarga mukammal zarba berish uchun imkon qoldirishmadi.  

10-daqiqa. Kazemiro to'pni chap qanotda turgan Benzemaga oshirdi, francuz oldinga o'tib, jarima maydoniga kirib keldi va to'pni Kroosga oshirdi, ammo yarim himoyachining zarbasi o'xshamadi. 

9-daqiqa. To'pni olib qo'ygan mehmonlar yana tezkor hujum tashkil etishga urinib ko'rishdi, ammo to'p oshirishdagi xato rejani buzib qo'ydi.

8-daqiqa. Rafa Varan maydon markazida qoidani buzdi, hakam himoyachini quvlab etib, boshqa bunday qilmasligini takidladi. 

7-daqiqa. Kurtua to'pga chiqib, qiyinchilik bilan bo'lsada, qaytarib yubordi. 

6-daqiqa. "Valensiya" to'pni olib qo'ydi va Torres qanotdan oldinga o'tib ketayotganida qoida buzib to'xtatildi. To'p oldida mehmonlar sardori Dani Parexo.

4-daqiqa. Hozircha "qaymoqranglilar"ning chap qanoti faolroq, ammo chinakam xavfli vaziyat bo'lmayapti.

2-daqiqa. "Valensiya" to'pni olib qo'yib, oldinga o'tishga urinib ko'rdi, ammo hujum boshlanib ulgurmay tugab qoldi.

1-daqiqa. Mezbonlar to'pga egalik qilishmoqda va shoshilmasdan o'z hujumlarini rivojlantirishmoqda.

O'yin boshlandi!

Bazi OAV va telegram-kanallarda asosiy tarkibda ko'rsatilgan Dani Karvaxal jarohat olgani va oxirgi pallada almashtirilib, uning o'rniga maydonga Marselo tushishi haqida xabarlar tarqaldi. Ularning aksariyati Ispaniyaning "Marca" nashriga tayangan, ammo bu xabar tasdig'ini topmadi va Dani maydonda.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Stadionda "Madrid" klubi madhiyasi yangramoqda! SHubhasiz, bu futbolchilarga o'zgacha tasir qiladi.  

Mehmonlar himoya markazida Mangalaga endigina 20 yoshga qadam qo'ygan Ugo Gilyamon sheriklik qiladi. So'nggi o'yinlarda murabbiy majburlikdan yosh futbolchini maydonga tushirmoqda, ammo bugun, "Qirollik klubi"ning tajribali futbolchilariga qarshi o'yinda Ugo o'zini qanday his etarkin? Bu narsani kuzatish istalgan muxlis uchun qiziq bo'ladi deb o'ylaymiz. 

Biroz oldin "Real Sosedad" mehmonda "Alaves"ga mag'lub bo'ldi va qatorasiga ikkinchi turda ochko yo'qotmoqda. Ajoyib o'yin ko'rsatgan va omadli mavsum o'tkazayotgan Imanol Alguasil shogirdlari restartdan so'ng o'zlariga kela olishmayapti.

Eslatib o'tamiz, bugun mezbonlar tarkibida yarim himoyachi Kazemiro va himoyachi Ferlan Mendi sariq kartochka oladigan bo'lishsa, keyingi uchrashuvni, yani "Real Sosedad" bilan bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'lishadi. SHunga qaramay, Zidan ularni asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qildi. 

Bugun bir qarashda qiziqarli uchrashuvlar u qadar ko'p emasdek, ammo Ispaniyada turning markaziy uchrashuvi Alfredo Di Stefano stadionida bo'lib o'tadi. Umid qilamiz, jamoalar yaqin ikki soat vaqt davomida bizni zeriktirishmaydi.  

YANGILASH

Jamoalar o'yinni quyidagi tarkibda boshlaydigan bo'lishdi.  

«Real»: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Valverde, Kazemiro, Kroos, Modrich, Benzema, Azar.

«Valensiya»: Sillessen, Mangala, Kondogbia, Soler, Parexo, Gayya, Vass, Rodrigo Moreno, Ferran, Maksi Gomes, Ugo Gilyamon.

Real Madrid

Karim Benzema - 61', Marco Asensio - 74', Karim Benzema - 86'

LaLiga . 29-tur

19/06/2020, 01:00

0 : 3 Tugadi

Valencia

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

BestMaster
19 Iyun 2020, 11:30
liga, real, valensiyani, maydonida, yirik, hisobda, maglubiyatga, uchratdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads