Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» ikkinchi bo'limda «Valensiya»ni taslim etdi

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» o'z uyida «Valensiya»ni qabul qilib, ikki taymda ikki xil o'yin namoyish etib berdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida «Real» o'z uyida «Valensiya»ni qabul qilib, ikki taymda ikki xil o'yin namoyish etib berdi.

Birinchi bo'limda "ko'rshapalaklar" ancha xavfli ko'rinishdi. Bir vaziyatda Rodrigoning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytgan bo'lsa, ikkinchi vaziyat hujumchining golini VAR bekor qildi.

Madridliklar birinchi taymda raqib darvozasi tomon juda ko'p zarbalar berishdi, ammo ularning o'yinida muvozanat etishmagani uchun raqibning qarshi hujumlari xavfliroq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda esa Zidan barchasini joy-joyiga qo'ydi. Natijada mehmonlar maydon markazidan deyarli o'ta olishmadi, to'pni juda ko'p yo'qotishdi. "Real"ning urinishlari esa besamar ketmadi. Boz ustiga, "Valensiya" murabbiyining o'yinchi almashtirishlari muvaffaqiyatli chiqmadi.

Bahsning 61-daqiqasida Azarning uzatmasidan keyin Benzema darvozani ishg'ol qildi. Uchrashuvning 73-daqiqasida Marko Asensio 11 oylik tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushdiyu, ilk urinishdayoq darvozani ishg'ol qildi. Unga to'pni Ferlan Mendi uzatgandi.

O'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Benzema juda chiroyli gol muallifiga aylandi. Asensioning uzatmasidan keyin Karim to'pni jarima maydoni ichida to'pni himoyachining ustidan oshirib o'tdi va uni erga tushirmasdan chap oyoqda zarba berdi. To'p to'singa tegib, to'rga borib tushdi!

Shu tariqa, "Real" ikkinchi bo'limdagi ideal o'yini tufayli yirik hisobda g'alaba qozondi. Zidan shogirdlari "Barsa"ni ta'qib qilishda davom etishadi.

Ispaniya La ligasi, 29-tur
Real Madrid – Valensiya 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 61 Benzema, 2:0 – 74 Asensio, 3:0 – 86 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde (Asensio, 74), Azar (Vinisius Junior, 82), Benzema.
Valensiya – Sillessen, Gayya, Mangalya, Gilyamon, Vass, Soler (Cheriishev, 69), Kondogbia, Parexo (Koklen, 69), Ferran Torres (Gedesh, 59), Rodrigo (Li Kan In, 76), Maksi Gomes (Gameyro, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (24), Gilyamon (84).
Chetlatish: Li Kan In (89).

BestMaster
19 Iyun 2020, 03:30
liga, «real», ikkinchi, bolimda, «valensiya»ni, taslim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads