Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Taqvimni biz tuzmaganmiz" Zidan o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

"Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan videoaloqa yordamida "Valensiya" bilan o'yin oldidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

Bugungi o'yin haqida

"Bizni qiyin o'yin kutmoqda. Yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alabali yurishni davom ettirish niyatidamiz. O'z uyimizda to'p tepamiz va uch ochkoni qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qilamix. O'yinni yaxshi boshlab olsak, shunday davom ettiramiz: biz o'z kuchimizni va o'yin taqdirini tezda hal qila olishimizni yaxshi bilamiz. Biroq oldimizdagi raqib ham oddiy jamoalardan emas, ular bizga kuchlari etgancha qarshilik qilishadi va biz buni ham unutmasligimiz zarur".

"Eybar" ustidan qozonilgan g'alaba haqida

"O'yinning dastlabki yarim soatida ikki-uchta gol urib, ajoyib boshlagan o'yinlarimiz ko'p bo'lgan. Ammo bazida shu tempni o'yin oxirigacha ushlab qola bilmayapmiz, "Eybar" bilan ham shunday bo'ldi. Muammo nimadir etishmaganida emas. Men birinchi bo'limdan mamnunman. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz, qolgani muhim emas".

"La Liga – qiyin musobaqa, bu erda raqobat kuchli. Har bir raqib bilan jiddiy o'yin bo'ladi va siz oxirigacha kurashishingiz zarur. Men ham odamman, qaysidir vaziyatlarda, ishlar rejadagidek ketmasa, men ham asabiylashaman, munosabatimni bildiraman, lekin bu futbolning bir qismi. Asosiysi biz g'alaba qozondik va uchta gol urib, uch ochko ishlab oldik. Ikkinchi bo'lim haqida gapiradigan bo'lsak, oldinda chiroyli o'yin ko'rsatishga vaqtimiz etarli".

Mashg'ulotlar haqida

"To'rtta o'yinimiz 01:00 (Toshkent vaqti)da boshlanadi, shu sabab o'yin bo'ladigan vaqtda mashg'ulot o'tkazish muhim edi. Buni yana takrorlaymizmi yoki yo'q, hali aniq emas. Lekin aynan o'yin o'tkaziladigan soatlarda mashg'ulot juda kerak edi. Bu erda yoritish tizimi va kunning shu vaqtidagi holatga moslashish ham ko'zda tutilgan".

Taqvim borasida

"Mendan bu haqida so'rashgandi: bizga taqvimni malum qilishadi, biz moslashamiz. Bizning so'zimiz hech nimani o'zgartirmaydi va taqvimni bahona qilish "Madrid"ga yarashmaydi: oldimizda 10 ta o'yin turibdi va biz maksimal natija qayd etmoqchimiz. To'rtta o'yin 01:00 (Toshkent vaqti)da bo'ladi, buni o'zgartira olmaymiz. Yaxshi narsalarni o'ylash zarur. Biz futbol o'ynash imkoniyatimiz borligidan xursandmiz va undan zavq olishga harakat qilamiz".

CHempionlar Ligasi uchun tanlangan joy haqida

"Biz ECHLning yangi formatidan xabardormiz, lekin hozircha "Manchester Siti" bilan javob o'yini qaerda bo'lishini bilmaymiz. Yaqinda bu ham aniq bo'ladi. Agar Manchesterda o'ynashimiz kerak bo'lsa Angliyada, Lissabonga taklif qilishsa demak Portugaliyada o'ynaymiz. Farqi yo'q, asosiysi – bugungi o'yin va biz hozir faqat u haqida o'ylayapmiz: ECHL haqida o'ylashga vaqtimiz bo'ladi, hozir La Liganing muhim pallasida turibmiz".

CHempionlar Ligasi formati borasida

"Biz istalgan vaziyatga ko'nika olamiz. Asosiysi futboldan zavq olamiz. Barcha ishtirokchilar uchun bir xil sharoit bo'lsa, boshqa muammo yo'q. CHempionlar Ligasining taklif etilgan formati menimcha yaxshi o'ylangan, ammo u erda ishtirok etishimiz uchun biz oldindagi o'yinda g'alabaga erishishimiz talab etiladi. Hozirgi vaziyatda turnir 15 kun ichida va bir erning o'zida o'tkazilishi to'g'ri deb hisoblayman".

Garet Beyl va o'zaro munosabatlari haqida

"Jamoaning boshqa futbolchilari singari Garet ham maydonga qaytganidan xursand. Belida og'riq his qilgandi, shu sababli u 100%ga tayyor emas. Mashg'ulotlar yaxshi o'tmoqda, oldindagi o'yinlarga tayyorlanyapmiz".

"Garet bilan munosabatlarimiz har doim yaxshi bo'lgan: men murabbiyman, u esa – jamoa uchun muhim futbolchi. Jamoa uchun qilgan mehnatlarini ham unutmaganmiz, Kievgacha va undan keyin degan gap yo'q. Men uning imkoniyatlari va yutuqlarini yaxshi bilaman. OAVda bizning munosabatlarimiz haqidagi turli mish-mishlarni boshqara olmayman, lekin o'rtamizda hech qanday sovuqchilik yo'qligini ayta olaman".

Eden Azar haqida

"Eden uchun xursandman. Uzoq davom etgan tanaffusdan keyin u maydonga qaytdi: yuzaga kelgan majburiy tanaffus uning foydasiga ishladi. U qanday futbolchiligini yaxshi bilamiz. Umid qilamanki, ular Benzema bilan ajoyib tandem hosil qilib, jamoaga katta foyda keltirishadi.

Xames Rodriges haqida

"Barchamiz Xames naqadar zo'r o'yinchi ekanligini bilamiz. Oxirgi vaqtlarda u nisbatan kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti, lekin bu hech narsani o'zgartirmaydi. U biz bilan va men unga ishonaman. Xames mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqda, ko'ramiz qachon uning vaqti kelarkin. Tarkibimizda 23 nafar yuqori darajadagi futbolchi bor, men ularning har biriga ishonaman. Hamma imkoniyatga ega bo'ladi. Bunday uzoq tanaffusdan keyin har 2-3 kunda rasmiy o'yin o'tkazish oson emas".

Ashraf Xakimi haqida

"Ashraf ajoyib mavsum o'tkazmoqda, men u uchun juda xursandman. Xakimi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ham jamoani tark etishi zarur edi. Biz barchamiz u erishayotgan yutuqlardan mamnunmiz".

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
18 Iyun 2020, 22:45
taqvimni, tuzmaganmiz, zidan, oyin, oldidan, fikrlari, bilan, ortoqlashdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads