Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniyaning eng yomon himoyachisi bugun "Valensiya"ga qarshi, e yo'g'e, "Real"ga qarshi o'ynaydi

Bugun Ispaniya chempionati 29-tur doirasida Madridning "Real" klubi uyda "Valensiya"ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, Zinedin Zidan shogirdlarining maqsadi bitta, "Barselona"ni ortda qoldirish. Kataloniyaliklar ushbu turda ham g'alabani qo'lga kiritib, oradagi farqni yana 5 ochkoga olib borib qo'yishdi. Endi franciyalik murabbiy aytganidek "Madrid"ni ikkinchi final kutib turibdi. Bu safar raqib "Eybar" emas, hech bo'lmaganda nomi bo'yicha mashhurroq "Valensiya". "Ko'rshapalaklar" ECHL yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgan bo'lsada, jamoa o'yinida barqarorlik etishmayapti. Futbolchilarning bazi xatolari, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik yoxud koncentraciya yo'qotilishi sababmi, qimmatli ochkolar boy berildi. Vaziyatning bunday rivojlanishidan ko'ngli to'lmagan rahbariyat orada bosh murabbiyni ham almashtirib ko'rdi. Hozircha Albert Selades jamoani to'liq o'rganib, o'z o'yinini singdira olganicha yo'q. Lekin unda buning uchun vaqt ham yo'q, uchrashuvdan oldin 8-pog'onada borayotgan "Valensiya" uchun bugungi mag'lubiyat "Xayr, ECHL", - degani bo'ladi. "Valensiya"ning bunday vaziyatga tushib qolishida faqat o'zi aybdor.  

Mavsum pandemiya tanaffusidan qaytgach, ilk o'yinda "Valensiya" kutilgan g'alabani qo'lga kiritayotgandi. Rodrigo Moreno asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa (!) qolganda jamoasini oldinga olib chiqdi, lekin qo'shib berilgan daqiqalarda gol urgan "Levante" "Mestalya"dan durangni olib ketdi (1:1). 

Bu vaziyatda Muktar Diakabi "astoydil ter to'kdi", himoyachi o'z jarima maydoni ichida kalovlanib qoldi, Gonsalo Melero esa penaltidan unumli foydalandi. Tabiiyki, bunday holatda "Lion" sobiq himoyachisi bosh aybdorga aylandi. 

Gap shundaki, Diakabi birinchi marta "Valensiya"ga pand berayotgani yo'q. Barcha musobaqalarni inobatga olsak, oxirgi ikki uchrashuvda himoyachi ikkita penaltiga sababchi bo'ldi.

"Atalanta" bilan ECHL 1/8 finali javob uchrashuvi – Diakabi. Birinchi bo'limdayoq Yosip Ilichich dubl qayd etdi, tanaffusdan keyin esa – poker.  

Balki Diakabi "Levante" va "Atalanta" bilan o'yinlarda tribunalar bo'shligi sabab bu qadar ishonchsiz o'yin ko'rsatgandir? "Valensiya" muxlislar bo'lganda ham tarkibda Diakabi bilan "Xetafe" va "Real Sosedad"dan 3 tadan gol qabul qilib oldi. 

"Levante" bilan o'yindan keyin Albert Seladesning ham "sabr kosasi" toshdi: "Bunday bo'lmaydi, Diakabining xatolari bizga qimmatga tushmoqda. Ular sabab biz muhim ochkolarni yo'qotyapmiz va turnir jadvalidagi vaziyatni stabillashtira olmayapmiz".

Murabbiy nima bo'lganda ham o'z shogirdini bunday tanqid qilmasligi kerak-mi? Balki. Lekin Seladesga boshqa yo'l qoldirishmayapti. Uning ixtiyorida – jarohatlangan Garay va Paulista, o'yin darajasi tushib ketgan Mangalya va tajribasiz Gilyamon bor.

Qayd etib o'tamiz, "Valensiya" ham jiddiy jarohat olgan Garayga transfer oynasi yopiq bo'lsa ham o'rinbosar topishlariga ruhsat berildi. Biroq na klub egasi Lim, na klub prezidenti Murti bunday qadamni qo'llab-quvvatlashmadi. 

Yo'q, Selades va uning jaxl bilan aytgan so'zlarini tushinish mumkin. Ammo klubning bu holatda nima uchun bunchalik passivligini tushinish biroz qiyin bo'lmoqda. Vaqtida "Valensiya" Diakabini "Lion"dagi juda osonlik bilan qo'lga kiritgandi (endi savol tug'ildi, nega bunchalik oson?), endi esa uning "ajoyib" futbolidan aziyat chekmoqda.

Ko'ramiz, bugun Diakabi yana nima karomatlar ko'rsatarkin?

Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

BestMaster
18 Iyun 2020, 20:15
ispaniyaning, yomon, himoyachisi, bugun, valensiyaga, qarshi, yoge, realga, qarshi, oynaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads