Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidovdan anons: «Ikkinchi final...»

“Marka” nashrining yozishicha, restart o'yinidan so'ng “Real” ustozi Zidan kiyim almashtirish xonasida ikkinchi bo'limni tashlab yuborgan shogirdlariga rosa baqirgan, narsalar otgan va qay birlarinidir jazolagan.

.
- Yuklab olish

“Marka” nashrining yozishicha, restart o'yinidan so'ng “Real” ustozi Zidan kiyim almashtirish xonasida ikkinchi bo'limni tashlab yuborgan shogirdlariga rosa baqirgan, narsalar otgan va qay birlarinidir jazolagan. Chindan ham birinchi bo'limni go'zal tarzda o'tkazgan qirollik klubi tanaffusdan so'ng “Eybar”ga imkoniyatni boy berishi ham mumkin edi. Kurtua superseyvlarni qatorlashtirib tashlamaganida...

Shu nashrga tayanib yana bir ma'lumotni aytamiz: “Valensiya” so'nggi soniyalarda g'alabani boy berganidan so'ng bosh murabbiy Selades shogirdlari bilan deyarli gaplashmay qo'ygan. Jahlini ifoda qilish niyatida. Dahshat asabiylashgan.

“Di Stefano” o'yingohida bugun shu ikki asabiylashgan klub o'zaro to'qnash keladi. “Real” bilib turibdiki, bu safar raqib “Eybar” emas, “Valensiya”, qaysiki oxirgi o'n yillikda La liganing ikki gigantidan eng ko'p ochko tortib olgan klub.

Ha, “ko'rshapalaklar”ning o'yini u qadar zo'rmas, ha, jamoa murabbiyi Selades hali bu klubni “o'zlashtirib” ulgurmadi, ha, so'nggi daqiqalardagi kontsentratsiya masalasida muammo bor, biroq “Valensiya” doimo grantlar bilan zo'r o'ynaydi. Shu faktning o'zi bugungi bahsning shiddatli o'tishiga kifoya qiladi. Selades aksiga olib “Real”da o'ynagan (“Barsa”da ham), Zidan qo'l ostida, demakki, murabbiy uchun printsipial o'yin bu.

“Mestalya”da g'alabani so'nggi soniyalarda Kurtuaning qahramonligi evaziga qo'ldan boy bergan jamoa navbatdagi uchrashuvga ko'p narsa tikib qo'ygan – agar mag'lubiyatga uchrasa, EChL yo'llanmasidan umidini uzsa ham bo'laveradi, ammo ELga imkoniyati saqlanib qoladiki, taqvimning davomi valensiyaliklarga ancha yaxshi. “Real”ning vaziyatini esa bilasiz, “Barselona” bilan izma-iz borishi uchun ham raqib tanlashga haqqi yo'q – faqat engishi zarur. Zidan aytganidek, 11ta final o'tkazadi va ichida eng asosiysi shu bahsga o'xshayapti.

Bugun Futbol TV telekanalida tungi 01:00da mazkur bellashuvni birgalikda kuzatamiz. Ispaniya gigantlariga haqiqiy sinovlar boshlandi...

Xayrulla Hamidov

BestMaster
18 Iyun 2020, 12:30
xayrulla, hamidovdan, anons, «ikkinchi, final»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads