Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rasman. «Real» futbolchisi «Valyadolid»ga o'tdi

«Real» himoyachisi Xavi Sanches «Valyadolid»ga o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» himoyachisi Xavi Sanches «Valyadolid»ga o'tdi. Bu haqda "Qirollik klubi" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

23 yoshli futbolchining «Real» bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishdi. Shu bois, Sanches jamoani erkin agent sifatida tark etib, «Valyadolid» safiga qo'shiladi. Himoyachi 2019/20 yilgi mavsumni ushbu jamoa safida ijarada o'tkazayotgan edi.

«Klub Xavi Sanchesga minnatdorchilik bildiradi. U 8 yoshida — 2005 yilda akademiyamizga kelgan. Bu vaqt davomida u professionalizm, jonbozlik va namunaviy xulq namoyish etdi. Biz unga faoliyatining keyingi bosqichida omad tilaymiz», — deyiladi «Real» matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Sanches «Real»ning asosiy jamoasi safida atigi 5ta o'yinda maydonga tushdi. U "Kastilya" safida 70ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 2ta golga uzatma bergan.

BestMaster
16 Iyun 2020, 17:30
rasman, «real», futbolchisi, «valyadolid»ga, otdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads