Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Oltin butsa»: Da'vogarlar safida jonlanish yuzaga keldi

Evropa milliy chempionatlarining o'tgan haftadagi o'yinlaridan keyin «Oltin butsa» uchun kurashda kichik jonalish kuzatildi.

.
- Yuklab olish

Evropa milliy chempionatlarining o'tgan haftadagi o'yinlaridan keyin «Oltin butsa» uchun kurashda kichik jonalish kuzatildi.

"Barselona" sardori Lionel Messi "Malorka"ga qarshi o'yinda bitta gol urib, La ligadagi gollari sonini 20taga etkazib oldi. Natijada argentinalik futbolchi o'zidan oldinda borayotgan Krishtianu Ronalduga etib olishiga bitta gol qoldi.

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland ham dam olish kunlari bitta golga mualliflik qildi. Natijada uning hisobidagi ochkolar soni 46taga etdi. U kuchli uchlik sari intilmoqda.

Jadvaldagi yana bir o'zgarish — Avstriyaning «Volfsberger» klubi hujumchisi Shon Vayssman o'z gollarini 25taga etkazib (37,5 ball), jadvalda 8-o'ringa ko'tarilib oldi.

«Oltin butsa» uchun kurashda «Bavariya» forvardi Robert Levandovski etakchilik qilmoqda. Polshalik futbolchi hisobida 30ta gol (60 ochko) mavjud bo'lsa, ikkinchi o'rindagi Chiro Immobile («Latsio») 27ta gol (54 ochko) ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Leyptsig» a'zosi Timo Verner (25 gol, 50 ochko) kuchli uchlikka kirdi.

«Oltin butsa» uchun kurash jadvali:

1. Robert Levandovski («Bavariya» (Germaniya), 30 gol × 2.0 koef. = 60 ochko);
2. Chiro Immobile («Latsio» (Italiya), 27 × 2.0 = 54);
3. Timo Verner («RB Leyptsig» (Germaniya), 25 × 2.0 = 50);
4. Erling Xoland («RB Zaltsburg» (Avstriya) / «Borussiya» (Dortmund, Germaniya) — 16 × 1.5 + 11 × 2.0 = 46);
5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus» (Italiya), 21 × 2.0 = 42);
6. Lionel Messi («Barselona» (Ispaniya), 20 × 2.0 = 40);
7. Jeymi Vardi («Lester» (Angliya), 19 × 2.0 = 38);
8. Shon Vayssman («Volfsberger» (Avstriya), 25 × 1.5 = 37.5);
9. Kilian Mbappe («PSJ» (Frantsiya), 18 × 2.0 = 36);
10. Vissam Ben-Yedder («Monako» (Frantsiya), 18 × 2.0 = 36).

BestMaster
15 Iyun 2020, 10:30
«oltin, butsa», davogarlar, safida, jonlanish, yuzaga, keldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 special  
Ronaldo 1ga ciqadi
15 Iyun 2020, 12:07
 u7777u  
Ха туғири
15 Iyun 2020, 14:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads