Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos Kumanning rekordini takrorladi

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Real» himoyachisi Serxio Ramos «Eybar» darvozasiga bitta gol urdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Real» himoyachisi Serxio Ramos «Eybar» darvozasiga bitta gol urdi.

«Qirollik klubi» sardori uchun bu La liga doirasidagi 67-gol bo'ldi. "Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Ramos ushbu natija orqali himoyachilar orasida Ispaniya chempionatidagi gollar soni bo'yicha rekordni takrorladi. «Barselona» sobiq himoyachisi Ronald Kuman ham La ligadagi faoliyati davomida 67ta golga mualliflik qilgan bo'lib, ulardan 46tasini penaltidan urgan. Serxio esa gollarining atigi 11tasini penaltidan urgan.

Bu borada uchinchi o'rinni «Real» klubi sobiq sardori Fernando Yerro egallagan. Ispaniyalik futbolchi faoliyati davomida aslida 105ta to'p kiritgan. Ammo u gollarining bir qismini yarim himoyada o'ynagan paytda urgan. Ispaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Yerro himoyachi sifatida 51ta gol urgan (19tasi penaltidan).

BestMaster
15 Iyun 2020, 10:30
ramos, kumanning, rekordini, takrorladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads