Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Transfer olamdagi yangiliklar

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirib o'tishda davom etamiz

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirib o'tishda davom etamiz.

Remzi qaytadi

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Aaron Remzi yozda katta ehtimol bilan yana APLga qaytadi.

Bu haqida “Tuttosport” nashri ma'lum qilmoqda. Ayni damda birorta klub uning transferini sotib olishni istamayapti. Shu bois, “Yuve” uelslik futbolchinini “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjino bilan “barter” qilish niyatida. Manbada yozislishicha, “Chelsi” o'z futbolchisi uchun talab qilayotgan 60-70 million evroning teng yarimini “Yuventus” Remzi bilan to'lamoqchi.

Eslatib o'tamiz, “zebralar” rahbariyati Remzi borasida istalgan taklifni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e'lon qildi.

“Rostov” futbolchisi “M-Yu” e'tiborida

 

Rossiyaning Rostov jamoasi yarim himoyachisi Matias Normann hali-hamon “Manchester Yunayted” futbolchisiga ayalanishi mumkin. Bu haqida Daily Exspressnashri ma'lum qilmoqda.

Manbada yozilishicha, 24 yoshli futbolchini shaxsan Sulsher jamada ko'rishni istamoqda. Norvegiyalik futbolchini “qizil iblislar” qishda sotib olishni istagan edi, biroq “Rostov” asosiy futbolchisidan ayrilishni istamgan edi.

Endilikda, rus klubi o'z futbolchisi uchun 15 million funt sterling talab qilmoqda. Klub Matiasni bundan arzon narxdaq o'yib yubormoqchi emas.

Benfika futbolchisi nishonda

 

Goal.combergan ma'lumotlarga qaraganda, “Benfika” jamoasi futbolchisi Florentino bir nechta grand jamoalar nishonida turibdi.

Manbada yozilishicha, “Lattsio” va “Manchester Yunayted” klublari yarim himoyachi uchun kurashda asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Hatto “qizil iblislar” yosh iqtidor egasi uchun portugaliya klubiga 25 million evro taklif qilishga ham ulgurgan.

Transfermarket nashri 20 yoshli futbolchini 18 million evroga baholagan bo'lsada, “burgutlar” o'z futbolchisini 30 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.

Iguain qaerga ketadi?

 

Turinning “Yuventus” jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain o'z faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

“L’equipe”ning ma'lum qilishicha, argentinalik hujumchi bilan Fransiyaning “Marsel” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Turin klubi o'z futbolchisini kelasi mavsum rejalariga kiritmagani bois, u borasida kelib tushgan istalgan taklifni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e'lon qilib ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, “Marsel yozda o'zining asosiy hujumchisi Dario Benedettoni sotib yuborishi mumkin. Shu sababli, klub uning o'rnini bosishga qodir kuchli markaziy hujumchi izlamoqda.

Rayoladan ajoyib tryuk

Ayni damda “Roma” sharafini ijara asosida himoya qilayotgan Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish uchun klub g'alati rejani amalga oshirmoqchi.

Bu transfer ustida shaxsan Mino Rayola ishlamoqda. Unga ko'ra, “Roma” armanistonlik futbolchini o'z safida olib qoladi va uning o'rniga Londonga Jastin Klyuvertni yuboradi. Yosh vingerning narxi baland bo'lgani bois, yana 20 million evro qo'shimcha daromad ham qilmoqchi.

Hozircha, “Arsenal” Rayolaning bu taklifiga javob qaytarganicha yo'q. Shunday bo'lsada, “koninirlar” ustozi Mxitaryanni klubda ko'rish istagida emas. Shu sababli bu transfer amalga oshishi mumkin. Boz ustiga, Klyuvertlarning kichigi ham APL klubiga o'tish ishtiyoqida yonmoqda. Umuman olganda, Mino Rayola hammani birdek rozi qilishga qodir reja o'ylab chiqdi. Endi uning amalga oshishini kutish qoldi xolos.

BestMaster
14 Iyun 2020, 08:00
transfer, olamdagi, yangiliklar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads